Gaustorlar (lot. haustor — ichuvchi, yutuvchi, soʻruvchi) — 1) parazit holda hayot kechiradigan oʻsimliklar (mas, chirmoviq)ning yashil oʻsimliklarga yopishib, ulardan oziq modda soʻrib oluvchi oʻsimtasi, soʻrgʻichi; 2) parazit zamburugʻlar (mas, un-shudring zamburugʻlari)da vegetativ ipning yashil oʻsimlik hujayrasi ichiga sanchilib kirgan uchi; 3) oziq moddalarni nutsellyus va murtak qopchasidan rivojlanayotgan embrionga oʻtkazib beruvchi bir hujayrali yoki koʻp hujayrali oʻsimta; 4) yoʻsinlardagi sporogon bandining ostki qismi, u gametofit toʻkimasiga sanchilgan boʻladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil