Gavhar koʻchasi (Toshkent)
Gavhar koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Shota Rustaveli koʻchasi va Bunyodkor shohkoʻchasi oraligʻida. Uzunligi 3 km.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 3 km |
Yaqin metro bekatlari | Olmazor |
Koʻchada joylashgan binolar |
Doʻmbirobod mahallasi „Metroqurilish“ tashkiloti |
1960-yil tashkil etilgan va shu nom berilgan. Poytaxtning asosiy magistral koʻchalaridan biri. Oʻzbekiston mustaqilligi davrida Gavhar koʻchasi va Bunyodkor shohkoʻchasi tutashgan chorrahada zamonaviy estakada bunyod etilib, keng qamrovli rekonstruksiya ishlari olib borildi[1].
Koʻcha yoʻnalishida „Sobir Rahimov“ metro bekati (hozirgi Olmazor), Doʻmbirobod mahallasi, stadion, poyabzal fabrikasi, „Metroqurilish“ tashkiloti, bazalar, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish, avtomobillarga yonilgʻi quyish, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shaxsiy turar joy binolari mavjud.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.