Gavriil Semyonovich Zaysev (1887.13.3 — Moskva — 1929.17.1) — rus biolog olimi, seleksioner, paxtachilik ilmi asoschilaridan biri. Moskva dehqonchilik maktabini (1909), Petrovsk qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1914), Mirzachoʻl qishloq xoʻjaligi tajriba dalasi seleksiya boʻlimi mudiri (1914—18), Turkiston seleksiya styasi asoschisi vadirektori (1922—29). Zaysev gʻoʻza sistematikasi, morfologiyasi, genetikasi, fiziologiyasi, seleksiyasi sohalarida tadqiqotlar olib bordi, shuningdek, makkajoʻxori, beda, yeryongʻoq, kunjut singari ekinlar seleksiyasi muammolari bilan shugʻullandi. Zaysev Oʻzbekistonda birinchi boʻlib gʻoʻza qadimdan ekiladigan mamlakatlardan yigʻilgan jahon gʻoʻza kolleksiyasini toʻpladi; gʻoʻzaning rivojlanish fazalari qonuniyatlarini aniqladi; gʻoʻzaning oʻsishida fotodavriylikning ahamiyatini ochib berdi, natijada gʻoʻzaning koʻp yillik tropik shakllarni bir yillik oʻsimliklarga aylantirish imkoniyatlari ochildi. Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugchiligi ilmiy tadqiqot intiga Zaysev nomi berilgan (1971). As: Sveteniye, shyudoobrazovaniye i raskritiye korobochek u xlopchatnika, L., 1924; Vliyaniye temperaturi na razvitiye xlopchatnika, M., 1927; K klassifikatsii roda Cossypium L., M.—L., 1928.[1]

Gavriil Semyonovich Zaysev
Tavalludi 18 (30) mart 1887 va 30-mart 1887
Vafoti 17-yanvar 1929
Fuqaroligi SSSR
Mashhur shogirdlari Fedor Mauyer

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil