Gayatri Joshi — hind aktrisasi va Bollywoodning sobiq modeli. Uning Swades (2004) nomli birinchi va yagona filmi bor. U 2005-yildan beri ishbilarmon Vikas Oberoi bilan turmushda.

Gayatri Joshi
Tavalludi Nagpur, Maharastra
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 1999 - 2004
Turmush oʻrtogʻi
Vikas Oberoi (turm. 2005)
Bolalari 2 nafar

Faoliyati tahrir

Joshi oʻz faoliyatini Hindistonning V kanalida boshlovchi boʻlishdan boshlagan. Keyin u Femina Miss India goʻzallik tanlovida ishtirok etish orzusini amalga oshirish uchun boshlovchilik kasbidan ketgan. Joshi 1999-yilgi Femina Miss India goʻzallik tanlovida soʻnggi besh nomzoddan biri boʻlgan[1] va tomoshabinlar tomonidan ovoz berish orqali Sony Entertainment kanalida toj kiyadi va 2000-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Miss International tadbirida Hindiston vakili sifatida tanlanadi.[1] U bir nechta musiqiy videolarda suratga tushishdan tashqari reklama modeli sifatida ham ishlagan: Jagjit Singhning Kaghaz Ki Kashti va Xans Rajning Jhanjaria kliplarida suratga tushgan.[2]

Kollejda oʻqiyotganda u Bombay Dyeing, Philips, Ponds, Godrej, Sunsilk va LG uchun model boʻlib ishlagan, shuningdek, Shakh Rukh Khan bilan Hyundai reklamalarida suratga tushgan. U 2001-yilda fasllar katalogi va taqvimi uchun ham modellik qilgan. U oʻzining Bollywood kinosidagi debyutini 2004-yil dekabrida Ashutosh Govarikarning Shakh Rukh va Kishori Ballal bilan birgalikda „Swades“ filmida qilgan.[3][4] Film va uning roli hind kino tanqidchilarining olqishiga sazovor boʻlgan.

Filmografiyasi tahrir

Yil Film Izohlar
2004 Swades Birinchi va oxirgi film

Shaxsiy hayoti va taʼlimi tahrir

Joshi Nagpurdagi Mount Carmel oʻrta maktabida oʻqigan va oilasi bilan Mumbayga koʻchib kelganida JB Vachha oʻrta maktabiga oʻqishga kirgan. Maktabni tugatgach, u Sydenham kollejida oʻqishni davom ettirgan. 

2005-yil 27-avgustda u Oberoi Construction targʻiborchisi Vikas Oberoiga turmushga chiqqan.[5][6]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Goddess Gayatri“. The Telegraph (Calcutta) (12-aprel 2005-yil). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2016-yil.
  2. Basu. „Reaching for the stars“. The Telegraph (Calcutta) (5-fevral 2005-yil). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  3. Chaubey, Parinita. „Roles Reversed On Swades Set: When Shah Rukh Khan 'Took Over' The Camera To Shoot His Director“. NDTV (2-may 2019-yil). 19-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  4. „Akshay Kumar-Twinkle Khanna's movie date with Swades actress Gayatri Joshi“. India Today. 2-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.
  5. IndiaFM. „Wedding bells for Gayatri“. Sify (29-avgust 2005-yil). 8-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2011-yil.
  6. Seta. „15 years of Swades EXCLUSIVE: Gayatri Oberoi BREAKS silence on why she quit films : Bollywood News - Bollywood Hungama“ (inglizcha). www.bollywoodhungama.com. Bollywood Hungama (17-dekabr 2019-yil). 12-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2020-yil.