Gaz hisoblagich - vaqt birligi ichida oʻtadigan gaz hajmini oʻlchaydigan asbob; tabiiy va zaharli boʻlmagan boshqa gazlarga moʻljallangan. Ishlash tarziga koʻra diafragmali, turbinali rotorli va b. xillari bor. Diafragmali G. h.da oʻlchash qurilmasi gaz oʻtkazmaydigan diafragmalar bilan ajratilgan ikkita kameradan iborat.

Maxsus klapanlar tizimi tufayli diafragmalar hisoblagichning kirish va chiqish naychalaridagi gazlarning bosimlari farqi hisobiga ilgarilanmaqaytma harakat qiladi. Diafragmalarning bu harakatini kinematik qurilma jamlagich roliklarining aylanma harakatiga aylantiradi. Bunday G. h.lar roʻzgʻorda ishlatiladi. Turbinali G.h.da turbina orqali oʻtadigan gaz oqimi tezligini oqim toʻgʻrilagich baravarlaydi. Oʻlchash mexanizmi parrakli turbina va reduktordan iborat boʻlib, turbina oʻki ikki tayanchga mahkamlangan. Magnitli uzatma turbinaning aylanishini hisoblash qurilmasiga uzatadi. Hisoblash qurilmasidagi rolikli jamlagich hisoblagichdan oʻtayotgan gaz hajmini oʻlchaydi. Bunday G. h. past, oʻrta va yuqori bosimli gazlarda ishlaydi, ularni turli hisoblash qurilmalariga ulab qoʻyish mumkin. Bunday G. h. sanoatda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil