Gaz kompressorli stansiya — tabiiy gazni qazib olish, uzatish va saqpashda gazning bosimini koʻtarib beradigan qurilma. Vazifasiga qarab, magistral gaz quvurlaridagi bosh (asosiy) stansiya, magistral gaz quvurlaridagi stansiya, yer osti gaz omborlaridagi oraliq stansiya va gazni yer qatlamlariga qayta haydaydigan stansiyaga boʻlinadi. Bosh G. k. s. gaz konidan kelayotgan gaz bosimini koʻtarib beradi, oraliq (yoʻldagi) G. k. s. gaz quvurida bosimi kamaygan gaz bosimini koʻtarib beradi, yer osti gaz omborlaridagi G. k. s. isteʼmolchiga berilayotgan gaz bosimini meʼyorlashtirib turadi, gazni yer qatlamlariga qayta haydaydigan G. k. s. gazni qazib olish paytida gaz bosimini zarur darajada tutib turadi. G. k. s.ning asosiy jihozi kompressor qurilmalaridan iborat. G. k. s. dispetcherlik punktidan, toʻliq avtomatlashtirilgan G. k. s. markaziy dispetcherlik punktidan turib boshqariladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil