Gaz konlari
Gaz konlari — Yer poʻstining maʼlum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi. G. k. koʻp tabaqali va bir tabaqali konlarga boʻlinadi. Koʻp tabaqali G.k. kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari boʻladi. G. k. kesmasining turli masofalarida har xil gaz uyumlari uchraydi. G. k. fazoviy umumiylashgan gaz yigʻilish zonalarida guruhlangan va gazli yoki gaz-neftli platforma (qubbasimon doʻnglik, platforma ichki choʻkmalari va b.), geosinklinal (togʻlararo vodiylar, oʻrtaliq massiv-lari), oʻtish (togʻ etagi botigʻi) tur-lariga boʻlinadi. Koʻp tabaqali G. k. gaz alohida-alohida burgʻi quduqlaridan yoki hamma tabaqani kesib oʻtgan bitta burgʻi qudugʻidan chiqariladi. G. k. gazlaOʻzbeshstoi gaz havzalarn gaz kondensatlarining tarkibn va baʼzi xossalari tarkibida uglevodoroddan tashqari karbonat angidridi (SO2), azot (N), vodorod sulfidi (H2S), nodir gazlardan geliy, argon ham boʻladi. G. k. sof (yoki quruq gaz) va yogʻli G. k. ga boʻlinadi. Sof. G. k. gazlari metan (94—99%) va oz miqdorda etandan iborat. Moyli G. k.da metan va etandan tashqari maʼlum miqdorda propan (S3N8), butan, izobutan (S4N|0) va pentan (S5N12) uchrashi mumkin.
20-asr oxirigacha yuzdan ortiq mamlakatda qariyb 16000 neft va gaz koni topilgan. Bulardan 400 ga yaqini suv ostida. Ular okean qirgʻogʻiga yaqin yerlarda bir necha yuz metrdan 3,5 km gacha chuqurliqdagi yotqiziqlarda joylashgan. Kaspiy dengizida, Kaliforniya va Alyaska qirgʻoklarida, Fors, Meksika (Golf-Kosta qismida) qoʻltiqlarida gaz va neft konlari paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarining gʻovak va darz ketgan jinslarida joylashgan. Eng katta konlardan Urengoy, Zapolyarnoye, Gazli, Medvejye konlari maʼlum. Oʻzbekistonda olinayotgan gazning bir qismi qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq neft va gaz konlari mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan topilgan. Ulardan 45 tasi gazkondensat va gaz-neftli konlar boʻlib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan. Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasida 17 yirik gaz koni bor (Uchqir, Dengizkoʻl, Oʻrtabuloq, Koʻkdumaloq, Zevardi va b.). Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida gaz konlari yura, boʻr, paleogen yotqiziqlarida, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida yura va boʻr, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa faqat yura yotqiziqlarida aniklangan. Gaz va neft uyumlari toʻplangan yotqiziqlarning umumiy qalinligi bir necha 100 m dan 10–12 km gacha. Oʻzbekistonda aniklangan gazning umumiy zaxirasi 5429 mlrd. m3, razvedka qilingani esa 489 mlrd.m3. Gazli va Shoʻrtan gaz konlari noyob konlardir. Hisor togʻlarining jan.-gʻarbida (Odamtosh, Gumbuloq), Surxondaryoda (Gajak), Ustyurtda (Shaxpaxti) katta gaz konlari bor. OPEK (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) mamlakatlarida jahondagi gaz zaxirasining 40% mavjud. Shuning 28% Fors koʻrfazida. Dunyoda olinadigan gazning 10—11% OPEK mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Jahondagi gazning 1996 yildagi hisoblangan zaxirasi 140-103 mlrd. m3, olingan gazning miqdori 2310 mlrd. m3 ga teng. 1990-yillarda dunyo miqyosida 22 ta supergigant gaz koni boʻlgan, shundan 11 tasi Rossiya Federatsiyasi (Gʻarbiy Sibir)da joylashgan. Fransiyada (Lak), Ja-zoirda (Xessi-R’Mel), Alyaskada (Prudxobey), Qozogʻistonda (Qorachigʻanoq, Jeriboy, Uzen), Turkmaniston-da (Shotlik, Gugurtli, "Yubiley") yi-rik gaz konlari bor. Oʻzbekistonda 1997 yilda 51,2 mlrd.m3 gaz chiqarilgan, bi-nobarin Respublika gaz chiqarish boʻyi-cha 6—7 oʻrinni egallagan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |