Gaz taqsimlash stansiyasi
Gaz taqsimlash stansiyasi -gaz bosimini foydalanish uchun xavfsiz darajagacha pasaytirish va isteʼmolchilarga tarqatish uchun moʻljallangan inshoot. Unda gaz qabul qilinadi, aralashmalardan tozalanadi, bosimi pasaytiriladi, isteʼmolchilarga berilayotgan gaz miqdori hisobga olinadi; gaz quvurlarining gaz bosimi toʻgʻrilab turiladi. G. t. s.da gazni tozalash, oʻlchash, rostlash, nazorat qilish qurilmalari, avtomatik asboblardan foydalaniladi. Vazifasiga qarab, G. t. s. magistral gaz quvuri tarmogʻidagi, gaz konidagi va avtomatik xillarga; nazorat-taqsimlash punktlari, gaz bosimini rostlab turish punktlari va qurilmalariga boʻlinadi. Shaharlarni, aholi yashaydigan punktlarni, korxonalarni, jamoa xoʻjaliklarini, xonadonlarni toza va ishlatish uchun xavfsiz bosimli gaz bilan bir meʼyorda taʼminlab turishda G. t. s. ning ahamiyati katta.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |