Gaz toʻldirish stansiyasi -avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor st-yasi. Mamlakatni muqobil yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1984 yilda "Oʻzbektransgaz" ICHB tarkibida "Oʻzbekavtogaz" boshqarmasi tashkil etildi. Soʻngra u Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozogʻistondagi jami G. t. s.ni birlashtirgan "Oʻrta Osiyoavtogaz" boshqarmasiga aylantirildi. Keyinchalik "Oʻzbekavtogaz" hududiy boshqarmasi "Oʻzdavneftmahsulot" davlat-aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga kirdi. 1997 yilda mazkur boshqarma negizida amerika-lik hamkorlar bilan birgalikda "Gaz-kompressor" qoʻshma korxonasi tuzil-di. Oʻzbekistonda gaz sanoatinchnt rivojlanishi bilan gaz yoqilgʻisi zaxiralarini yaratish, truboprovod transporti tarmogʻini kengaytirish, shuningdek G. t. s.lar qurishga alohida ahamiyat berildi.

Oʻzbekistonda dastlabki G. t. s 1984 yil (sutkasiga 500 avtomobilga gaz yoqilgʻisi toʻddirish quvvati bilan) Toshkent sh.da tashkil etildi. 1986 yilda yangi turdagi — blok-komplektli (sutkasiga 250 avtomobilga gaz yoqilgʻisi toʻddirish quvvatida) G. t. s. foydalanishga topshirildi. OʻzRda 32 G. t. s ishlab turibdi (shundan 18 tasi sutkasiga 500 avtomobilga, 14 tasi esa 250 avtomobilga xizmat koʻrsatadi, 1999). Mavjud G. t. s.lar umumlashtirilganda sutkasiga 1 mln. 720 ming m3 yoki yiliga 370 mln. m3 siqilgan tabiiy gazni isteʼmolchilarga yetkazib beradi. Bu bilan yiliga 282 ming t neft motor yoqilgʻisi tejaladi. 1999 yilga qadar "Gazkompressor" qoʻshma korxonasi xizmat kursatadigan avtomobillar soni 12408 ga yetdi. Umuman gazdan motor yoqilgʻisi sifatida foydalanishning rivojlantirilishi yoqilgʻiga boʻlgan talabni qondirishdan tashqari, mamlakat iktisodiga katta fonda keltiradi.

Akbarxoʻja Raximov.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil