Gaz quvuri
Gaz quvuri, gaz uzatkich (gazoprovod) — yonuvchi gazlarni qazib olingan yoki ishlab chiqarilgan joyidan isteʼmol qilinadigan joyigacha uzatish (yetkazib berish) uchun moʻljallangan inshootlar (quvurlar, tayanchlar, yoʻlakay binolar) majmui. Birinchi marta G. q.dan mil od boshlarida Xitoyda foydalanilgan. Bunda tabiiy gaz bambukdan yasalgan quvurlarda uzatilgan. 18-asr oxirida Yevropada gaz choʻyan, 19—20-asrlarda esa pulat quvurlarda uzatilgan. Hozir gaz quvurlari yer ostidan, yer ustidan (tayanchlar ustidan) utkazilishi mumkin. G. q. magistral (gaz uzoq joylarga, maye, boshqa shahar yoki mamlakatlarga yetkazib beriladigan), mahalliy (gaz biron bir hudud doirasida yetkazib beriladigan) va shahar (gaz muayyan bir shahar doirasida yetkazib beriladigan) xillarga bulinadi. Quvurlarni korroziyadan saqlash uchun izolyatsiyalash, katod va protektorli himoya usullaridan foydalaniladi. G. q. 5,5—10,0 MN/m2 gacha bosimga chidaydigan qilib quriladi. G. q. diametri har xil (720 dan 1420 mm gacha) boʻladi. G. q.dagi gaz bosimini gaz-kompressor styasi meʼyorga solib turadi. G. q.ning oxirgi punktlarida gaz taqsimlash st-yalari kuriladi. Bu punktlardan gaz isteʼmolchilarga tarqatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |