Gazdan qutqaruv ishlari - zaharli gazlar ajralishi, portlash va yongʻin chiqishi xavfi boʻlgan sanoat korxonalarida ish xavfeizligini taʼminlashga doyr tadbirlar majmui. Gaz bilan bogʻliq falokatlarning oldini olish, avariya yuz berganda uning oqibatlarini tugatish, sanoat bino-lari havosidagi zararli va xavfli aralashmalar miqdorini oʻlchab turish, gazdan muhofaza qilish va qutqarish vositalarining holatini nazorat qilish, korxona xodimlarini bunday vositalardan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish va b. tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish maxsus xizmatlar: gazdan qutqarish st-yalari va koʻngilli gazdan qutqarish drujinalari zimmasiga yuklanadi. Gazdan qutqarish st-yalari respiratorlar, havo apparatlari, gazniqoblar, kislorod yostiqlari va b. ehti-yot vositalari bilan taʼminlanadi. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini tugatishda xuddi konlardagi qutqarish ishlarida qoʻllana-digan tadbirlar va vositalardan foydalaniladi (qarang Konda kutkaruv jihozlari).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil