Gazi Ahmad posho masjidi yoki Qora Ahmed posho masjidi – Istanbulning Topkapi tumanida joylashgan Fatma Sulton mahallasida 1558 – yilda qurib bitkazilgan masjiddir. Masjid asoschisi Kara Ahmed Posho Yavuz Selimning kuyovi hisoblanadi. Masjid qurilishi 1555 – yilda Edirnekapi yaqinida boshlangan. Taxminlarga qaraganda, Kara Ahmed Posho 1555 – yilda, Rüstem Posho bilan dushmanligi tufayli qatl etilgan. Oʻlimi tufayli qurilishi boshlangan masjidning tugallanganini koʻrmagan. Mihrimah Sultonning iltimosi bilan qurilish toʻxtatiladi va tumanning boshqa bir qismida Mihrimah Sulton masjidi qurilishi boshlanadi. Shundan soʻng, Topkapidagi yangi poydevor yerida masjid va qabr qurilishi amalga oshiriladi. Qora Ahmed qabri masjiddan 50 metr gʻarbdagi alohida binoda joylashgan. U masjid, madrasa, maqbara va boshlangʻich maktabdan iborat ijtimoiy majmua sifatida qurilgan[1].

Gazi Ahmad Posho masjidi
Gazi Ahmet Posho masjidining ichki koʻrinishi (2009 – yil iyun)

Gazi Ahmet Posho masjidining bosh gumbazi 6 ta ustundan iborat va 4 ta yarim gumbaz bilan oʻralgan. Masjidning ichki hovlisida kirish eshigining ikki tomonidagi mahobatli derazalar joylashgan boʻlib, ular gʻaroyib tuzilishga ega. Tashqi hovli darvozasi 2 tabaqali, ichki hovli darvozasi 2 ta va masjidga 3 ta kirish eshigi bor. Koʻchadagi hovlining kirish eshigida zanjir bor va bu darvozadan kiraverishdagi hovlining oʻng tomoni musallo toshlariga, chap tomoni esa daraxtzor bogʻga qaragan. Oʻng tarafdagi yoʻl sharqiy darvozaga olib boradi. Chap tarafdagi yoʻl ichki hovli darvozasiga olib boradi. Minora masjidning oʻng tomonida joylashgan boʻlib, uning ustida yulduzlar tasviri bor. Janubi-gʻarbiy devorda esa uchburchak shaklidagi quyosh soati joylashgan. Yuqorisi yarim oy qiyaligida, tashqi devorlari 2 m balandlikda, pastki qismida esa panjarali derazalar mavjud.

Ichki hovli toʻrt ayvondan iborat. Qiblaga qaragan gʻarb tomonida yuqoriga olib chiquvchi zinapoyalari bor. Oʻrtada Hoji Ahmet xayriyaga bagʻishlab bunyod qildirgan katta tosh va marmar favvorasi bor. Ravoqli hovlining uch tarafida madrasa xonalari joylashgan. Chaykara uyushmasiga tegishli xonalar va choyxona chap tomonda joylashgan. Bu madrasalarning uch tarafi 22 gumbazli ustunlardan tashkil topgan. Jamoat namoz yeri masjidning qibla eshigidan 25 sm masofada joylashgan. Sharqiy va gʻarbiy kirish eshiklarida ayvonlar mavjud.

Masjid sahnida mehrob, minbar bor, minbar tomoni 10 sm balandda. Derazalari maxsus ranglarga boʻyalib, xattotlik koshinlari bitilgan yozuvlar bilan bezalgan. Qibla tarafdagi darvozadan kirgandan soʻng. oʻng va chap tarafdagi zinalardan ayollar dahliziga koʻtarilish mumkin. Muazzin xonasining shifti nodir sanʼat asaridir. (Oz, 1997: 146-7)

Gazi Ahmet Poshoning qabri masjidning tashqi hovlisidan 50 metr uzoqlikda joylashgan. Bu gumbazli, koʻpburchakli tosh inshootdir. Qabr ichida Gazi Ahmet Posho va uning sevimli rafiqasi Fatma Sultonning qabri bor. Qabr roʻparasidagi toʻrtburchak shakldagi bino Ahi madaniyatini rivojlantirish va taʼlim markazidir.

Manbalar

tahrir
  1. „XVI-XVII. YÜZYIL İSTANBUL MİMARİSİ“. Halil İbrahim Düzenli. 26 Mayıs 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8 Ağustos 2021. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date= va |archive-date= (yordam)