Baxromjon Valiyevich Gaziyev (1979-yil 21-sentyabrda tugʻilgan, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek sporti xodimi. Oʻzbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi[1], Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi[2] va O'zbekiston polo federatsiyasi raisi. O'zbekiston MOQ Ijroiya qo'mitasi a'zosi[3]. YevroOsiyo ot sporti assotsiatsiyasi vitse-prezidenti[4].

Baxromjon Gaziyev
Tavalludi 21.9.1979
Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Kasbi Sporti xodimi
Mukofotlari Sodiq xizmatlari uchun

Tarjimai hol tahrir

1979-yili Oʻzbekiston, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2001-yili Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetida kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 2003-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy aloqalar yoʻnalishida magistr diplomiga ega boʻlgan. Rus va oʻzbek tillarini yaxshi biladi. Ingliz tilida boshlangʻich bilimga ega.

Mehnat faoliyati tahrir

Sport tahrir

Baxromjon Gaziyev — professional sportchi-konkurchi, 2010-yildan beri sport bilan shugʻullanadi. Oʻzbekistonning xalqaro toifadagi sport ustasi.

Tadbirkorlik tahrir

2003-yili iqtisodiyot boʻyicha magistrlik darajasini olgach, Gaziyev 2011-yilgacha xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullangan.

2011-2016-yillar davomida qogʻoz va karton ishlab chiqarish kompaniyasining tijoriy direktori lavozimini egallagan, 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar — gipsokarton ishlab chiqarish boʻyicha kompaniya direktorlar kengashining raisi.

Tadbirkorlik faoliyati davomida Gaziyev loyihalarni boshqarish va jamoa bilan ishlashda katta tajriba toʻpladi, bu koʻnikmalari keyinchalik unga sport boshqaruvchisi sifatida ish olib borishiga yordam berdi.

Sport xodimi faoliyati tahrir

 
Baxromjon Gaziyev konkur boʻyicha musobaqalarda.

Sport xodimi sifatida oʻz faoliyatini 2017-yili Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi vitse- prezidenti lavozimida boshladi, ushbu lavozimda 2019-yilga qadar ishladi. Bu davr mobaynida yaqqol koʻzga koʻringan xizmati sportchilarni moddiy-texnik baza bilan taʼminlash va homiylarni jalb etish ishlari boʻldi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2018-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi ikkita Qarori tayyorlandi va imzolandi. Qarorda belgilangan vazifalarni moliyalashtirishni «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va “Kvarts” AJ tashkilotlari oʻz zimmasiga oldi.

2018-yili Gaziyev ot sporti sohasidagi faoliyatini Oʻzbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi lavozimi bilan birga olib bora boshladi. 2019-yili Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash tarixida ilk bor Tokiodagi XXXMII yozgi Olimpiya oʻyinlariga (Yaponiya) ikkita yoʻllanma olindi.

 
Jahon chempionatining 1 -bosqichi va Evrosiyo ligasi Millatlar Ligasining ko'rgazmali sakrashda yopilishi

2019-yili Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga Federatsiya raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Shu yildan boshlab ot sporti boʻyicha oʻzbek sportchilarining xalqaro maydondagi natijalari sezilarli ravishda yaxshilana boshlandi. Asosan tajribali vatandoshlari boshchiligida mashq qilayotgan yosh konkurchilar guruhi nafaqat Markaziy Osiyo va Rossiya hududlarida, balki Yevropa davlatlaridagi turnirlarda ham jiddiy kurash olib bordi. 2019-yili shuningdek, Toshkent shahrida ot sporti boʻyicha FEI Jumping Childrenʻs Classic Final, Osiyo ot sporti federatsiyasining U-21 guruhida ot minish chempionati, Osiyo ot sporti federatsiyasining yoshlar va oʻsmirlar orasida konkur boʻyicha I Xalqaro turnirining Saralash bosqichi kabi bir nechta yirik xalqaro turnirlari oʻtkazildi.

2021-yili Gaziyev Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi lavozimini egalladi. Baxromjon Gaziyevning qoʻllab-quvvatlashi tufayli, Oʻzbekiston jamoasi 2021-yil 1-3-oktyabr kunlari konkur boʻyicha Barselona (Ispaniya)da oʻtkaziladigan Millatlar kubogi finaliga yoʻllanma oldi.

2020-yildan boshlab Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi hisoblanadi. Ushbu sport turi xalqimizning qadimiy oʻyinlari anʼanalariga mos ravishda rivojlanmoqda: Temuriylar sulolasi boshqaruvi davrida ajdodlarimiz ham polo oʻynagan. Sport yoʻnalishidan tashqari, Federatsiya milliy qorabayir zotli otlarni koʻpaytirish ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Boʻyi uncha baland boʻlmagan ushbu otlar anʼanaviy ot sportiga toʻgʻri kelmasada, lekin ularning chidamliligi va inson bilan oson aloqaga kirishishi, ularni polo oʻyini uchun juda mos sherikka aylantiradi.

2021-yilda Baxromjon Gaziyev yangi tashkil etilgan YevroOsiyo ot sporti assotsiatsiyasi vitse-prezidenti boʻldi. Ot sportini rivojlantirish tashqi siyosati trendini hatto koronavirus pandemiyasi ham toʻxtata olmadi — 2020—yil noyabrda FEI III geografik guruhi mamlakatlari hamkorligi asosida dunyoning eng nufuzli jamoaviy turniri seriyalaridan biri - konkur boʻyicha Millatlar kubogi doirasida alohida YevroOsiyo ligasi shakllantirildi.

Xalqaro faoliyat tahrir

Gaziyev rahbarligida Qatar, Qozogʻiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston, Misr kabi davlatlarning zamonaviy beshkurash va ot sporti boʻyicha ixtisoslashtirilgan fedaratsiyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

 
Bahromjon Gaziev oilaviy portret yonida

Uning rahbarligida 2021-yilning 21-25-aprel kunlari Oʻzbekistonda konkur boʻyicha Jahon kubogining birinchi bosqichi va YevroOsiyo ligasining Millatlar kubogi oʻtkazildi.

Davlat mukofotlari tahrir

«Sodiq xizmatlari uchun» davlat medali (2020-yil). 27.08.2020-yili Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Farmoniga asosan «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan. Mazkur mukofot xalqimizning ilmiy, intellektual va maʼnaviy salohiyatini oshirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport sohalarini rivojlantirish, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash yoʻlida munosib hissa qoʻshish, mamlakatda taraqqiyot, tinchlik va ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni taʼminlash, shuningdek koʻp yillik samarali ijtimoiy faoliyatni olib borishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

Oilasi tahrir

Uylangan, uch nafar farzandi bor.

  • Otasi — Gaziyev Vali Anvarovich (1948–2020)
  • Onasi — Gaziyeva Saida Kabulovna (1950-y. tugʻilgan)
  • Rafiqasi — Gaziyeva Dildora Mirkamilovna (1982-y. tugʻilgan)
  • Qizi — Valijonova Diyora Baxromjonovna (2000-y. tugʻilgan)
  • Qizi — Valijonova Nigora Baxromjonovna (2005-y. tugʻilgan)
  • Oʻgʻli — Valijonov Boburjon Baxromjonovich (2008-y. tugʻilgan)

Rafiqasi va qizlari ot minishga qiziqadi. 13 yoshli oʻgʻli Valijonov Boburjon professional sportchi-konkurchi sanaladi. U 120 sm masofagacha oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.

Manbalar tahrir

  1. „Modern Pentathlon Federation of Uzbekistan“ (en). Union Internationale de Pentathlon Moderne (UIPM) (2020-yil 16-fevral). Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  2. admin. „UZBEKISTAN“ (en-US). AEF.org. 2021-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-sentyabr.
  3. „Исполнительный комитет“ (ru-RU). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
  4. UzDaily. „Бахромжон Газиев избран вице-президентом Евразийской Ассоциации конного спорта“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.