Gazotron

anod va katod elektrodlaridan iborat boʻlgan eng oddiy ion asbob

Gazotron — anod va katod elektrodlaridan iborat boʻlgan eng oddiy ion asbob. Ichiga argon yoki simob bugʻlari toʻddirilgan shisha ballon. Agar G. elektrodlariga yetarli qiymatdagi anod kuchlanishi berilsa, termoion emissiya natijasida katod sirtidan elektronlar ajralib, elektr maydon taʼsirida musbat zaryadlangan anod tomon harakatlanadi. Bunda elektronlar gaz atomlari bilan toʻqnashib, ularni elektron va musbat ionlarga ajratadi. Natijada ionlashgan gazning turli rangdagi plazma holati yuzaga kelib, uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin koʻtariladi va elektr razryadi (tok oʻtishi) sodir boʻladi. Shu sababli, ishlash tamoyili elektr razryadi hodisasiga asoslangan G.lar elektron asboblarga nisbatan katta tok, yuqori f.i.k.ga va katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻladi. G.dan asosan oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantiradigan toʻgʻrilagich sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil