Gazoyl
Gazoyl (gaz va ing. oil — moy) — solyar moyi; molekulasida asosan 12 dan 35 tagacha uglerod atomi boʻlgan uglevodorodlar va tarkibida oltingugurt, azot va kislorod boʻlgan qoʻshimchalardan iborat aralashma. Mol.m. 150—500, qaynash temperaturasi 200—500°. Neftni qayta ishlash jarayonida kerosin va yengil sanoat moylari oraligʻida ajralib chiqadi. G. asosan dizel yoqilgʻisi, katalitik kreking uchun xom ashyo va surkov moylari sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |