GAZSIZLANTIRUVCHI (DEGAZATSIYALOVCHI) MODDALAR — zaharlovchi moddalarni kimyoviy usudda zararsizlantirish uchun qoʻllaniladigan moddalar. G.m. zaharlovchi moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ularning taʼsirini kamaytiradi yoki butunlay yoʻqotadi. G.m. sifatida geksaxlormelamin (C3N6C16), dixloramin (C6H5SO2NC12 yoki CH3C6H4SO2NC12), xloramin (C6H5SO2NNaCl), kaliy permanganat (KMp4O4), vodorod peroksid (N2O2), ammiak suvi, kaustik soda, kalsinatsiyalangan soda, xlorli ohak kabi kimyoviy birikmalar ishlatiladi. Zaharlovchi moddalar va bakteriyalar bilan zararlangan suvni tozalash uchun Sa(SYU)2 ni qoʻllash mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil