ʻʻʻGebjaliyaʼʻʻ — Gruziya oshxonasining (avvalo, megrel oshxonasining) milliy taomidir. Bu yalpiz qoʻshilgan pishloqli ruletlardir.

Ingrediyentlar

tahrir

Gebjaliya yangi tuzsiz Imeritiya pishlogʻi yoki yangi suluguni pishlogʻi va yalpizdan tayyorlanadi[1]. Taom tvorog pishlogʻi nadugi[2] (rikottaga oʻxshash) va sut yoki matsonidan tayyorlangan yalpizli sutli sous bilan tortiladi[3][4]. Baʼzi retseptlarda xacho tvorogi va chinti pishloq ishlatiladi; tarxun, kashnich, sarimsoq, yashil qalampir va hatto, chili qalampirini ham qoʻshish mumkin. Taʼbga koʻra tuz qoʻshiladi[5].

Tayyorlanishi

tahrir

Gebjaliya pishirishning ikkita asosiy yutugʻi bor: birinchidan, koʻp masalliq ketmaydi, ikkinchidan, 15 daqiqaga bormay pishadi[6].

Yalpiz sovuq suvda yuviladi Barglari yoki poyasining yuqori, mayin qismi, barglari bilan birga pichoqda juda mayda toʻgʻraladi (yoki blenderlanadi). Yalpizning 3/4 qismi taomga, qolgani esa sousga ketadi.

Sut kastryulda yoki soteynikda maksimal 55-60 darajaga qadar isitiladi, shundan soʻng unga pishloq tilimlari qoʻshiladi. Pishloq boʻlaklariga sut quyiladigan, teskari retsepti ham mavjud.

Alangani oshirib, pishloq eritiladi va bitta yaxlit boʻlakka aylanadi. Bu boʻlak chovli bilan patnisga agʻdariladi va yupqa qilib yoyiladi (bu vaqtda ustidan issiq sut quyiladi). Shundan keyin patnisdan sutning ortiqchasi oqib ketadi, yuzaga kelgan pishloq chalpagiga esa yalpiz solinadi. Pishloq chalpak ruletga oʻxshatib oʻraladi va 4-5 smli boʻlaklarga kesib chiqiladi. Boshqa retseptida esa ikkita har xil masalliqli rulet tayyorlanadi (masalan, yalpizli xacho va yalpizli chinti).

Sous uchun toʻgʻralgan yalpizdan qolgani matsoniga qoʻshiladi va gebjaliya boʻlaklari ustiga shu sous quyiladi. Taom sous bilan birga dasturxonga tortiladi[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Блюда грузинской кухни“ (ru) (2020-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  2. „Гебжалия. Рецепт“ (ru). Еда.ру. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  3. „Гебжалия из сыра с мацони по-грузински“ (ru). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  4. admin. „Гебжалия (Gebzhalia)“ (ru). Вкусные заметки. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  5. „Гебжалия. Грузинская закуска из сыра сулугуни“ (ru). Food Voyage (2015-yil 20-avgust). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  6. „Гебжалия — грузинское сырное блюдо“ (ru). Рецепты "Вкуснятинки" (2017-yil 13-yanvar). 2021-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  7. „Гебжалия (нежная закуска родом из менгрелии)“ (ru). www.koolinar.ru. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.