Gebrid orollari - Atlantika okeanidagi arxipelag. Shotlandiyaning shimoliy-gʻarbida. 500 dan ortiq mayda oroldan (Lyuis, Skay, Mall va b.) iborat. Buyuk Britaniya tarkibida. Maydoni 7,5 ming km2. Tashqi Gebrid va Ichki Gebridlarga boʻlinadi, ular Nort-Minch, LitlMinch boʻgʻozlari va Gebrid burni orqali ajralib turadi. Orollar kristall jinslar va bazalt krplamlaridan tashkil topgan. Relyefi pasttekislik va past togʻlardan iborat (bal. 1009 m gacha). Koʻp qismi toshloq va botqoqli yerlar. Lava dalalari, qadimgi muzlik izlari saqlangan. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iqlimi; yanvarning urtacha temperaturasi 4—6°, iyulniki 12—14°, yillik yogʻin 1000–2000 mm.

Yaylov koʻp, baʼzan qayinzorlar uchrab turadi. Aholi asosan baliq ovlash, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Movut ishlab chikariladi. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil