Gedik Ahmed posho
Gedik Ahmed posho-Usmoniylar imperiyasining 17-buyuk vaziri.
Gedik Ahmed paşa | |
---|---|
turkcha: Gedik Mehmed Paşa | |
16-Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri | |
Mansab davri 1474-yil – 1477-yilgacha | |
Monarx | Mehmed II Fotih |
Oʻtmishdoshi | Vali Mahmud posho |
Vorisi | Karamani Mehmed Pasha |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
1482-yil Usmoniylar imperiyasi,Edirne |
Dini | islom, sunniylik |
Kelib chiqishi va tarjimayi holi
tahrirUning kelib chiqishi biroz nomaʼlumligicha qolmoqda. Koʻp manbalarda u alban millatiga mansub, boshqalari esa serb millatiga mansub deb taʼkidlashadi. U Anadolidagi deyarli barcha qurilish korxonalarini boshqargan.
Gedik Ahmed Pasha shuningdek Oʻrta yer dengizida venetsiyaliklarga qarshi kurashdi va 1475-yilda sulton tomonidan Qrim xonligiga Genos kuchlariga qarshi yordam berish uchun yuborildi. Qrimda u Kaffa, Soldaiya, Cembalo va boshqa Genuy qal’alarini, shuningdek, Teodoro Knyazligini poytaxti Mangup va Qrimning qirgʻoq mintaqalari bilan bosib oldi. U Qrim xoni Mezli I Girayni geno kuchlaridan qutqardi. Ushbu kampaniya natijasida Qrim va Cherkes Usmonli taʼsir doirasiga kirdi.