Mehmed II Fotih

Usmonlilar imperiyasining 7-sultoni (1444–1446, 1451–1481 yillar hukmronligi)

Mehmed II Fotih (1432-1481) — usmonlilar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81). Murod II ning 4-farzandi. M. II F. turk, arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Turk qoʻshinlarining yurishiga shaxsan qoʻmondonlik qilib, jahongirlik siyosati yurgizgan. 1452-yilning martida M. II F. buyrugiga binoan, Bosforning Osiyo qismida Boyazid I Yildirim tomonidan barpo etilgan Ana-doʻlihisorning qarama-qarshisida, yaʼni Bosforning Yevropa qismida Ru-melihiyura quriladi. Natijada Bosfordan suzib oʻtayotgan xorijiy kemalarni bojxona tekshiruvidan oʻtkazish imkoniyati tugʻiladi. 1453-yilning martida M. II F. 150 ming kishilik qoʻshin, 80 harbiy kema va 300 dan ortiq yuk kemalari bilan Vizantiya poytaxti Konstantinopol tomon yurish boshlagan. Qirq kunlik (18-aprel — 29-may) qamaldan soʻng shahar zabt etilgan. Konstantinopolning turklar tomonidan zabt etilishi yakunlanadi. Konstantinopolning qulashi Vizantiya imperiyasiga xotima yasagan va, aksincha, Usmonli turk imperiyasini jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylanishiga olib kelgan. Shahar turkcha Islomboʻl deb nomlana boshlagan. M. II F. shundan soʻng Bolqon hamda Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Dastlab u Serbiyaga zarba bergan, ammo, 1456-yilning 27-iyulida Belfad ostonasvda Yanosh Xu-nyadi lashkari bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragan. 1459-yil turklar Serbiyani, 1460-yil Moreyani, 1463-yil Bosniyani, 1476-yil Valaxiyani, 1478—79 yil Albaniyani oʻz tasarrufiga kiritganlar. M. II F. 10 yildan ziyod muddat davomida Karaman beyi hamda Oq qoʻyunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi siyosiy kurash olib borib butun Kichik Osiyoda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 1475-yil M. II F. Kafa, Kerch, Sudak singari Qora va Azov dengizi boʻylaridagi shaharlarni istilo etib, Qrim xonligini oʻziga vassal qilgan. 1461-yil savdo yoʻlidagi mu-him yunon davlati Trapezund (Trabzon) ni M. II F. jangsiz egallagan. Turk qoʻshinlarining zafarli yurishlari M. II F.ni Yevropaning Vengriya, Italiya, Germaniya kabi davlatlari hududlarini ham istilo qilish rejasini tuzishga ruhlantirgan. 1480-yil 300 kemaga joylashgan 100 ming nafar qoʻshin Jan. Italiyaning Otrango shahri tomon yoʻl oladi va uni 2 haftalik qamaldan soʻng qoʻlga kiritgan. Shahar aholisining yarmi qirib tashlanib, 8 minggi qulga aylantirilgan. Shunga qaramay, M. II F. ning ushbu yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Italyanlar kuchlarini bir yerga jamlab turklarga bir qancha kuchli zarbalar berishgan. M. II F. taxt vorisi Boyazid II buyrugʻiga muvofiq, xos tabibi tomonidan zaharlab oʻldirilgan. M. II F. davrida Usmonli turk imperiyasining ilk qonunlar majmu-asi („Qonunnoma“) tuzilgan. M. II F. harbiy va maʼmuriy boshqaruv islohoti oʻtkazib, armiya va davlatni mustahkamlagan. U olim va fuzalolarga homiylik qilgan, qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan, hukmronligi davrida mamlakatda 380 ta masjid qurdirgan, Istanbul untiga asos solgan. M. II F. fors, yunon va arab adabiyotini yaxshi bilgan, oʻzi ham „Avniy“ taxallusi bilan sheʼriy devon bitgan.

Mehmed II
Fotih Sulton Mehmed
Qaysar-i Rum
Abu'l Fath
Fotih

7-usmoniylar sultoni
Birinchi saltanati
Saltanat 1444-yil avgust — 1446-yil iyul
Oʻtmishdoshi Murod II
Davomchisi Murod II
Ikkinchi saltanati
Saltanat 1451-yil 3-fevral — 1481-yil 3-may
Oʻtmishdoshi Murod II
Davomchisi Boyazid II
Tugʻilishi 30-mart 1432-yil
Edirne, Rumeli viloyati, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 3-may 1481-yil(1481-05-03)
(49 yoshda)
Hünkârçayırı, Gebze, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy 1481-yil 22-may
Turmush oʻrtogʻi Emine Gülbahar Hatun
Gülşah Hatun
Hatice Hatun
Sitti Mükrime Hatun
Çiçek Hatun
Farzandlari Boyazid II
Shahzoda Mustafo,
Jem Sulton,
Gevherhan Hatun
Otasi Murod II
Onasi Humo Xotun
Dini Sunni Islom
{{{signature_type}}} Mehmed II Fotihning imzosi

Adabiyot

tahrir
  • Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1-4, L., 1963-78; Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Mogushestvo i gibel, M., 1990; Ransimen S, Padeniye Konstantinopolya v 1453 godu, M., 1983.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil