Murod II (Usmonlilar imperiyasi)

Murod II — Sulton Murod II Gʻoziy (1404—1451) — Usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1421—44, 1446—51), Mehmed I Chalabiyning oʻgʻli. M.P taxtga oʻtirgandan keyin usmoniylarga tegishli yerlarning maʼlum kismini egallashga muvaffaq boʻlgan, is-yonkor Mustafoga qarshi kurash boshlagan. 1422-yil Bursadan uzoq boʻlmagan Ulubad daryosining boʻyidagi jangda Mustafoning lashkari tormor etiladi va oʻzi qochadi. Tez orada Mustafo qoʻlga olinib, osib oʻldiriladi. 1424— 26 yillarda MP ilgariroq qoʻldan ketgan Aydin, Menteshe, Germiyan, Saruxan va Hamid beyliklarini qayta oʻz tasarrufiga kiritadi. 1422-yil 24 avg . da Konstantinopolga qilingan hujum samara bermaydi. 1424-yil Vizantiya sultonga xiroj toʻlashga majbur boʻladi. 1440-yil M.P Serbiyaga yurish qiladi. 1444-yilning 10 noyabr

Murod II
II. Murat.jpg
Tughra of Murad II.jpg
Ottoman Flag.svg Usmonlilar imperiyasi podshohi
Hukmronligining boshlanishi: 26-may 1421-yil
Hukmronligining tugashi: Avgust 1444
Oʻtmishdosh: Mehmed II Fotih
Voris:Mehmed II Fotih
Tugʻilgan sanasi: 5-noyabr 1404-yil(1404-11-05)
Tugʻilgan joyi:Amasiya, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:12-avgust 1451-yil(1451-08-12)
(46 yoshda)
Vafot joyi:Edirne

da Varna yaqinida M.P Yanosh Xunyadi boshliq chex-venger lashkarini magʻlub etadi. 1444-yilda M.P oʻz ixtiyori bilan oʻgʻlining foydasiga taxtdan voz kechadi, ammo ichki va tashki vaziyat 1446-yilda uni yana taxtga qaytishga majbur qiladi. 1447-yilda Pelopon-nesni gʻorat qiladi, Korinfni zabt etadi. 1448-yilning 17—19 dek.da Kosovo jangida Xunyadini yana bir bor magʻlub etadi. 1449—50 yillari Albaniyaga 2 marta yurish qiladi. U adolatli va insofli hukmdor sifatida nom qoldirgan..[1][2].

ManbalarTahrirlash

  1. Franz Babinger, Mehmed the Conqueror and His Time, (Princeton University Press, 1978), 14.
  2. Peter F. Sugar, A History of East Central Europe:Southeastern Europe under Ottoman Rule, 1354-1804, Vol. 5, (University of Washington Press, 1996), 16.

AdabiyotTahrirlash

  • Novichev A. D., Istoriya Tursii, t.1, L., 1963; Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Mogushestvo i gibel, M., 1990.[1]





  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil