Geksatiuram — oʻsimliklarni fitopatogen zamburugʻlardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy preparat. Asosan urugʻlikni dorilashda qoʻllanadi. 50% li tigam (TMTD) va 30% li geksaxlorbenzolning (GXB) mexanik aralashmasi (80% li hoʻllanuvchan kukun). Bugʻdoyning chang krrakuyasiga va ildiz chirish kasalligiga, makkajoʻxorining pufakli qorakuyasi va mogʻorlanishiga, gʻoʻzaning ildiz chirishi kasalligiga qarshi qoʻllanadi. Geksatiuram bilan urugʻlarni dorilash urugʻlik tayyorlanayotgan vaqtda yoki ekishdan oldin markazlashtirilgan holda oʻtkaziladi. Sarf normasi bir tonna gʻalla urugʻligiga 2 kg , bir tonna chigitga 8-10 kg . Ishlatishdan oldin preparat 5-10 l suv bilan namlanadi. Kam zaharli. Kumulyativ xossaga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil