Geksitlar, NOSN2(SOON)4SN2ON — olti atomli alifatik spirtlar; shirin taʼmli rangsiz kristallar. Suv va spirtda yaxshi eriydigan, efirda erimaydigan organik moddalar. G. tarkibida 4 ta asimmetrik uglerod atomi boʻlib, 10 ta stereoizomer holida mavjud. G. eterifikatsiyaga oson beriladi; oksidlanishi natijasida geksozalar hosil boʻladi. Baʼzi G. (Dmannit, D-sorbit, dulishd va D-idit) tabiatda uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil