Gel tili
Gel tili (gael, shotland, er tili deb ham ataladi) — hind-yevropa tillari oilasining kelt tillari guruhiga mansub. Shim.-Gʻarbiy Shotlandiya, Gebrid o.lari va Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida tarqalgan. G.t.da 100 mingga yaqin kishi soʻzlashadi (1991). G.t. irland tilinnng dialekti hisoblanadi, 11 — 13-asrlarda irland tilidan ajralib chiqqan. Fonetik xususiyatlariga koʻra G. t. 3 sheva (sharqiy, jan.-gʻarbiy va gʻarbiy)ga ajraladi. Bu shevalar oʻrtasida farq kam. G.t.da skandinav tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. G.t.dagi yozuv yodgorliklar 16-asr boshlariga oid. Badiiy adabiyot, matbuot, radioeshittirishlar shu tilda olib boriladi, taʼlim sohasida qoʻllanadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil