Gemoliz
(Gematolizdan yoʻnaltirildi)
Gemoliz ( yunonchada gem-qon va lysis — yemirilish, parchalanish), gematoliz, eritrotsitoliz — qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning parchalanib, gemoglobining qon plazmasiga oʻtishi, sferotsitoz - eritrotsitning shishishi. Normal holatda gemoliz eritrotsitlarning hayotiy siklini yakunlaydi. Odam va hayvonlar organizmida u uzluksiz ravishda sodir boʻlib turadi (fiziologik Gemoliz.). Baʼzi kasalliklarda, organizm zaharlanganda, badan kuyganda, guruhi yoki rezus-faktori toʻgʻri kelmagan qon quyilganda yoki dorilar qabul qilinganda patologi kimyoviy gemoliz roʻy beradi. Gemoliz tufayli qon qip-qizil, laklangandek boʻlib qoladi. Kamqonlikni ogʻir turi esa oʻlimga sabab boʻladi.Gemoliz turlari: biologik, mexanik, kimyoviy, termik.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |