Gematoma (gemo… va yun. ota – oʻsma) – toʻqima orasiga va tana boʻshliqlariga qon quyilishi. Turli shikastlanishlar, lat yeyish, suyaklar sinishi, chiqishi va b. oqibatida roʻy beradi. Yumshoq toʻqimalar ezilishidan paydo boʻlgan kichikroq G. biroz shishib, ogʻriydi, oʻsha soha moʻmataloq boʻlib, qontalashadi (qarang Qontalash). Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, hech bir nuqsonsiz tuzalib ketadi; asosan shu sohaga orom beriladi, sovuq qilinadi va bogʻlab qoʻyiladi. Hayot uchun muhim aʼzolar (bosh miya, jigar va b.) zararlangan boʻlsa, zudlik bilan vrachga murojaat etish zarur, aks holda ogʻir asoratlarga sabab boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil