Gematuriya
Gematuriya (gemato... va yun. shop — siydik) — siydiqda qon boʻlishi, qon aralash siydik kelishi. Buyrak va siydik yoʻli kasalliklarida (nefrit, buyrak sili va oʻsmasida, buyrak toshi kasalligida, siydik yoʻllari shikastlanganda), goho yurak-tomir va qon kasalliklarida, shuningdek baʼzi yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. G.da siydik nim pushti, qizgʻish va toʻq qizil boʻlib, katta-kichik va shakli har xil qon iviqlari aralashib chiqadi. G.ga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |