Gemodinamika (gemo... va dinamika )— tomirlarda qon oqishi; G. gidrostatik bosim tomirlar sistemasining turli qismlarida turlicha boʻlishi tufayli roʻy beradi (maʼlumki qon yuqori bosimli sohadan past bosimli sohaga tomon oqadi). Bunda asosiy omil yurak qisqarishlari boʻlib, oʻrtacha yoshdagi odamning yuragi har qisqarganda tomirlarga 60—70 ml yoki min.ga 4,5—5 l qon oʻtkazadi. Yurakning min. lik hajmi deb ataladigan bu jarayon yurak-tomirlar sistemasi faoliyatining asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi. Qon tomirlarining elastikligi, koʻkrak boʻshligʻida bosimning manfiy bulishi, diafragma va skelet muskullarining qisqarishi tufayli qon tomirlar sistemasida toʻxtovsiz oqib turadi. Shuning natijasida kon bilan toʻqimalar oʻrtasida muntazam ravishda moddalar almashinuvi roʻy beradi (qarang Gomeostaz).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil