Gemoglobin oksigemoglobin bufer sistemasi

Gemoglobin – oksigemoglobin bufer sistemasi qon bufer sigʻimining 75% ini tashkil etadigan eng kuchli bufer sistemadir[1].

1GZX Haemoglobin

Jumladan u bikarbonat bufer sistemasidan qariyb 9 barobar kuchlidir. Odam gemoglobinining oqsil (globin) qismida asos tabiatiga ega boʻlgan imidazol guruxini saqlagan gistidin aminokislotasining massa ulushi 8,1% ni tashkil etadi va bu 1 mol gemoglobinda 35 imidazol guruxi boʻlishiga mos keladi: Bu esa gemoglobinni (HHB) bufer tabiati gistidin koldiklarining imidazol guruxlari orqali taʼminlanishini koʻrsatadi. Gemoglobin qon sistemasidagi eritrotsitlarda saqlanib HCO3 – /H2CO3 sistemasi bilan birgalikda undagi asosiy bufer sistemani tashkil etadi va bunda pH = 7,25 tengligini taʼminlab beradi. Gemoglobin kislorod molekulasini biriktirishi natijasida oʻpka alveolalarining kapillyarlarida oksigemoglobin (HHBO2) hosil boʻladi va kislorod arterial qon yordamida toʻqima kapillyarlariga boradi va mioglobin orqali toʻqimalarga oʻtadi. Bu reaksiyada ishtirok etayotgan HHB va HHBO2 kuchsiz kislotali moddalar boʻlib, HHBO2 ning kislotalik xususiyati HHB ga qaraganda birmuncha kuchliroq boʻladi:

HHB (tutashgan kislota) ↔H++HB- (tutashgan asos), pKa—8,2

HHBO2 (tutashgan kislota) ↔H++HBO2 – (tutashgan asos), pKa—6,95

HHBO2 ning HHB ga aylanishi koʻp jixatdan CO2 ga bogʻliq. Bunda quyidagi jarayonlar amalga oshishi mumkin: HHBO2 dan HBO2 – ga qaraganda kislorod oson ajralib chiqadi va H2CO3 hosil boʻlishi hisobiga pH qiymatining kamayishi birinchi jarayonning jadallashishiga olib keladi:

HB- + H2CO3 ↔HHB + HCO – 3

Hosil boʻlgan HCO3 – ioni eritrotsit membaransidan qonga oʻtadi. Venoz qon tarkibida boʻlgan eritrotsitlardagi HHB molekulalari oʻpkada yana kislorod molekulasini biriktiradi:

HHB+O2↔HHBO2

Eritrotsitlarda saqlanib qolgan gidrokarbonat ioni taʼsirida pH qiymati ortadi va natijada quyidagi jarayonlar amalga oshadi [2].

Manbalar

tahrir
  1. „Bufer sistemalar“ (2017-yil). 2024-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-avgust.
  2. Tibbiy kimyo masharipov. 

Havolalar

tahrir