Ion bu zaryadlangan atom yoki molekula boʻlib, unda elektronlar soni protonlar soniga teng emas va shuning hisobiga ion zaryadlangan zarracha hisoblanadi.

Ionlar (yunoncha: ion — borayotgan, harakatlanayotgan) — zaryadlangan zarralar; atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron (yoki b. zaryadlangan zarra) qabul qilganda yo yoʻqotganda hosil boʻladi. "I." tushunchasi va terminini 1834-yil da ingliz olimi M. Faradey birinchi boʻlib tat-biq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr oʻtkazuvchanligi I. harakatiga bogʻliq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli I. kationlar, musbat qutb (anod)ga harakatlanadigan zaryadli I. anionlar deyiladi. I. zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir: mas, atom 1, 2, 3, ... elektron yoʻqotganda yoki kabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va h. k. zaryadli I. hosil boʻladi. Elektrolit eritmasida I. erituvchi bilan oʻzaro taʼsir etishi tufayli barqaror boʻladi. I. mavjudligi sababli eritmalar elektr tokini oʻtkazadi (qarang Elektrolitik dissotsiatsiya). Atomdan elektron ajralib, kation hosil boʻlayotganda maʼlum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potensiali deyiladi. I. ning xossalari ularning kattaligi va elektron qobigʻining tuzilishiga, za-ryadning ishorasi hamda miqdoriga bogʻliq.

I. organizmda moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. I. at-mosferada boʻladigan oʻzgarishlarda muhim rol oʻynaydi (qarang Atmosfera elektri, Ionosfera).

Ad:Smirnov B. M., Kompleksnie ioni, M., 1983; Krestov G.A., Termodinamika ionnix protsessov v rastvorax, 2 izd., L., 1984.

Komil Tojiyev.

[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil