Generativ organlar
Generativ organlar (lotincha: genero — yarataman, hosil qilaman) — oʻsimliklarning jinsiy koʻpayish funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan organlari. Vegetativ va jinssiz koʻpayish organlari bilan birga reproduktiv organlarga kiradi. Turli sistematik guruhdagi oʻsimliklarda G.o. ham turlicha boʻladi. Sporali oʻsimliklarning G.o. anteridiy va arxegoniy, gulli oʻsimliklarning bunday organi erkakli gametofiti va murtak xaltasi hisoblanadi. Urugʻli oʻsimliklarda evolyutsiya natijasida hosil boʻlgan gul ham G. o. deyiladi. Tuban suv oʻtlarida G.o. ixtisoslashmagan boʻlib, faqat fiziologik jihatdan oʻzaro farq qiladi. Ochiqurugʻlilar G. o. reduksiyaga uchragan. Gul changchilarining toʻplami androtsey, urugʻchilarining toʻplami ginesey deb ataladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |