Geniy (lot. genius) — 1) Rim mifologiyasida dastlab maʼbud, urugʻning bobokaloni, keyinchalik erkaklik xudosi, erkak botiniy kuchi va qobiliyatlarining mujassami. Har bir erkak oʻz G.siga ega, deb hisoblangan. G. erkak feʼl-atvorini shakllantiradigan, uni umr davomida muhofaza qiladigan ezgu kuch sanalgan. Rimliklar G. timsolida oila, jamiyat, shahar va butun Rim xalqining homiylarini ham eʼzozlaganlar; 2) oliy darajadagi ijodiy qobiliyat sohibi (qarang Daho).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil