Gennadiy Lebedev
Gennadiy Fedorovich Lebedev (1940-yil 12-may, Turkman SSR, Ashxobod — 2014-yil 10-may Oʻzbekiston, Toshkent) — sovet velosipedchisi. 1965-yilgi Jahon velopoygasining shaxsiy va jamoaviy bahslardagi gʻolibi. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.
Gennadiy Lebedev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud paytidagi ismi | Gennadiy Fedorovich Lebedev |
Fuqaroligi | SSSR UZB |
Tavallud sanasi |
12-may 1940-yil Ashxobod, SSSR |
Vafot sanasi |
10-may 2014-yil (73 yosh) Toshkent, O‘zbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Yo‘l velosipedi (shosse) |
Medallar | |
|
Biografiyasi
tahrirGennadiy Fedorovich Lebedev 1963-yilda Jahon poygasining 13-bosqichida g‘olib bo‘lgan[1].
Velopoygachi 1964-yil Jahon chempionati poygasida jamoa bilan ishtirok etib, 9-o‘rinni egallagan (Championnats du Monde 1964. Contre-la-montre par équipe Hommes. les-sports. info. 2013-yil 22-sentabrda asl nusxadan arxivlangan).
Lebedev 1965-yilda umumiy hamda jamoaviy hisobda Jahon poygasi (bu davrda sportchi 10-bosqichda ham g‘olib chiqib[1][2], sprint hisobida ham peshqadam bo‘lgan) va Yugoslaviya turining ikki bosqich g‘olibi bo‘lgan[3]. Poygachining mazkur yilda ko‘rsatgan ajoyib sport yutuqlari uchun unga ,,Xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi" faxriy unvoni berilgan, shuningdek, "Shon-sharaf belgisi" ordeni bilan taqdirlangan.
Gennadiy Fedorovich shuningdek, 1966-yildagi SSSR terma jamoasi tarkibida navbatdagi Butunjahon velosport poygasining umumjamoa hisobidagi g‘olibi bo‘lgan.
Poygachi Lebedev Armiya markaziy sport klubi jamoasida o‘ynagan va ,,SSSR Qurolli Kuchlari chempionati"ning bir necha bor g‘olibi bo‘lishiga musharraf bo‘lgan.
Sportchi faoliyatini yakunlagandan so‘ng Turkiston harbiy okrugining Armiya sport klubini (11-sonli SKA) boshqargan. Podpolkovnik Lebedev Toshkentda yashagan.
Yutuqlari
tahrir1963-yil
Jahon velopoygasi
13-bosqich g‘olibi.
1964-yil
Jahon chempionati jamoaviy poygasida
9-o‘rin (Olizarenko, Petrov va Vyaravas).
1965-yil
Jahon velopoygasi
1 — Umumiy tasnif
1 — Umumiy tasnif
10-bosqich g‘olibi.
Yugoslaviya turi
5-Taktik va texnik talablar (TTT) va 10-bosqich g‘olibi.
1966-yil
Jahon velopoygasi
1- jamoa tasnifi
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Detaillierte Friedensfahrt-Statistiken (Stand 06 April 2009)“. 2009-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-may.
- ↑ „История развития культурной жизни в Талгаре“ (2008-yil 24-oktyabr). 2008-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
- ↑ Résultats relevés dans l’annuaire Velo 1966