Genrix (Henri) — Fransiya kirollari. Eng mashhurlari:

Genrix II (1519.31.3, Sen-Jermenan Le—1559.10.7, Parij) — qirol (1547-yildan). Valua sulolasidan. "Alangali palata"ni taʼsis etgan (1547). Genrix II qoʻshinlari 1552-yil Mes, Tul, Verden ("Muqaddas Rim imperiyasi"dagi yepiskopliklar)ni egallashgan. Italiya urushi (1494—1559)ga yakun yasagan, KatoKambreziya sulhini imzolagan (1559).

Genrix III (1551.19.9, Fontenblo — 1589.2.8, Sen-Klu) - qirol (1574-yildan). Valua sulolasining soʻnggi vakili. Genrix Navarrskiy va Gizlar bilan kurash olib borgan. 1588-yil mayda Parijdagi xalq qoʻzgʻoloni ("Barrikadalar kuni") tufayli Shartrga qochgan. Qoʻzgʻolonchi parijliklar Genrix III ni taxtdan agʻdarilgan deb eʼlon qilganlar. Genrix III Genrix Navarrskiy bilan kelishib u bilan Parijga yurish qilgan. Gizlar tarafdori boʻlgan rohib tomonidan oʻldirilgan.

Genrix IV (1553.13.12, Po, Bearn -1610.14.5, Parij) — qirol (1588-yildan, rasman 1594-yildan). Burbonlar sulolasining birinchi vakili. Antuan Burbonning ugʻli. 1562-yildan Navarra qiroli Genrix Navarrskiyil Diniy urushlar davrida gugenotlar rahbari. 1593-yil katolik dinini qabul qilgandan soʻng, 1594-yil Parij uni qirol deb tan olgan. Genrix IV 1598-yil Nant ediktini eʼlon qilgan. Uning olib borgan siyosati absolyutizmni mustahkamlashga xizmat qildi. Katolik mutaassib Ravalyak tomonidan oʻldirilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil