Genrix (qirollar)
Genrix (Heinrich) — Germaniya qirolligi va "Muqaddas Rim imperiyasi"dagi qirollar. Eng mashhurlari:
Genrix I (taxminan 876 — 936.2.7. Memleben, Saksoniya) — Germaniya qiroli (919 yildan). Saksoniya sulolasining asoschisi. Shvabiya va Bavariya gersoglarining isyonini yon berishlar yoʻli bilan bostirgan. Lotaringiyani qoʻshib olgan (925), polab slavyanlari yerlarini bosib olishni boshlab bergan.
Genrix III (1017.28.10 — 1056.5.10) — Germaniya qiroli va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1039-yildan). Italiyaga qilgan yurishida (1046—47) u bilan raqobat qilgan papalar papalik taxtidan tushirilgan.
Genrix IV (1050.11.11 — 1106.7.8, Lyens) — Germaniya qiroli va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1056-yildan). Frankonlar sulolasidan. Cherkov hokimiyati unvonlari uchun Rim papalari (Grigoriy VII va b.) bilan kurash oli b borgan.
Genrix V (1081.8.1 — 1125.23.5, Utrext) — Germaniya qiroli, "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1106-yildan). Frankonlar sulolasidan. Cherkov hokimiyati unvonlari uchun papalar bilan boʻlgan urushni Vorms konkordata bilan tugatgan. Genrix V vafoti bilan frankonlar sulolasi barham topgan.
Genrix VI (1165, Nimvegen — 1197.28.9, Messina) — Germaniya koroli va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1190-yildan). Shtaufenlar sulolasidan. Sitsiliya taxti merosxoʻriga uylanishi bilan Sitsiliya qirolligini shtaufenlar mulkiga qoʻshib olgan.
Genrix VII (taxminan 1275 — 1313.24.8, Siyena yaqinida Buonkonvento) — Germaniya qiroli va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori (1308-yildan). Lyuksemburglar sulolasidan. Oʻgʻli (Yan Lyuksemburg)ning chex qiroli boʻlib saylanishiga erishgan. Italiyani qaytadan imperiyaga boʻysundirish uchun 1310-yil uning hududiga bostirib kiradi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |