Gazakoʻt
(Gentianadan yoʻnaltirildi)
Gazakoʻt (Gentiana L.) — gazakoʻtdoshlar (erbaxodoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Oʻzbekistonda 7 turi bor. Oʻzbekistonda keng tarqalgan turi (G. olivieri griseb.) past boʻyli (10— 30 sm), koʻp yillik oʻt. Barglari tuksiz; gullari koʻkbinafsha, koʻk; poyaning yuqori qismida 1—3—6 tadan boʻlib, soyabonsimon toʻpgullarda joylashgan. Mevasi choʻziq koʻsakcha. Urugʻlari mayda. May—iyunda urugʻlaydi. Adir va togʻlarda chagʻir toshli quruq yon bagʻirlarda oʻsadi. Xalq tabobatida bezgak, meʼda kasalliklariga davo qilish hamda ogʻiz chayish, qon ketishini toʻxtatish va yaralarni davolashda qoʻllanadi.
Gazakoʻt | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |