Geodezik astronomiya - amaliy astronomiya boʻlimi; astronomik kuzatish natijalarini geodeziya va haritagrafiyada qoʻllash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Xususan, haritagrafiya ishlarida yer sirtida tayanch sifatida birorta astronomik punktni aniqlash G. a.ning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Astronomik punktning geografik uzunlamasi va kenglamasi juda katta aniqlik bilan astronomik kuzatishlar yordamida topiladi. Topografik suratga tushirishlarda ham bunday punkt hisob boshi va tayanch nuqta deb olinib, undan koʻp yillar davomida geodezik ishlarda foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil