Geodezik belgilar - joylarda geodezik punktlarni belgilash va mahkamlash uchun quriladigan yer usti inshootlari (ustunlar, piramidalar, yogʻoch yoki metall moslamalar va b.) hamda yer osti qurilmalari (beton monolitlar va b.). Oʻlchash ishlarida asbob G. b.ga qarab vizirlanadi. Teodolit G. b. ustiga yerdan maʼlum darajada baland qilib oʻrnatiladi. Agar teodolit 10 m gacha baland oʻrnatilishi kerak boʻlsa, unda piramida, undan ham balandda oʻlchash ishlari olib boriladigan boʻlsa, murakkab signal tarzida quriladi. G. b.larning balandligi haritada gorizontallar yordamida aniqlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil