Geografik atlas
Geografik atlas - geografik haritalarning umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadigan sistemali toʻplami. Geografik atlasning dastlabki tuplami mil. 2-asrda Klavdiy Ptolemey tomonidan yaratilgan. Xorazmiy boshchiligida olimlar Yer meridiani yoyini oʻlchaganlar, xalifa Maʼmun (813— 833)ning koʻrsatmasiga binoan bir kricha haritalar (mas, "Dunyo haritasi") tuzilgan. 10-asrda arab geograflari al-Istaxriy va Ibn Havqal tomonidan yaratilgan 21 haritadan iborat "Islom atlasi" deb ataluvchi tuplamda musulmon olami tasvirlangan. Geografik atlaslar 15-asr oxiridan, Buyuk geografik kashfiyotlar Yer haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, mustamlakachilik natijasida savdo va dengizda suzish ravnaq topgandan keyin geografik haritalarga katta ehtiyoj tugʻilgach, keng tarqala boshladi. Atlas haritagrafiyasining rivojlanishiga flamand Avraam Orteliy (1527—98), Gerard Merkator (1512—94) va b. salmoqli hissa qoʻshgan. "Atlas" termini dastlab 1595-yil geografik haritalar toʻplamiga nisbatan ishlatilgan. Termin Liviyaning afsonaviy podshohi Atlas nomidan olingan, keyinchalik bu nom ommalashib ketgan. 16-asr oxirida birinchi marta atlaslar maxsus vazifani bajarish uchun nashr etilgan (mas, L. Vagenerning 2 jildli dengiz navigatsiya haritalari toʻplami, 1584—85). Usha vaqtdan koʻp jildli katta bichimli geografik atlaslar nashr qilina boshlandi. Geografik atlaslar tuzish 17-asrda Niderlandiyada rivoj topdi. Semyon Remezov 1701-yil tuzgan "Sibir chizma kitobi"ni ruslar birinchi rus geografik atlas deb hisoblaydilar. 18-asrda Parij, Peterburg va Berlin Fanlar akademiyasida geografik atlaslar tuzish yetakchi urinni egalladi. 19-asrdan mavzuli (tematik) atlaslar paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududi tasvirlangan dastlabki haritalarning toʻliq nusxalari 1914-yilda nashr etilgan "Rossiyaning Osiyo qismi atlasi"da berilgan. Hozirgi geografik atlaslarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ulardagi haritalar oʻzaro uygʻunlikda boʻlib bir-birini toʻldiradi.
Geografik atlaslar gʻoyatda xilma-xil. Qancha hududni qamrashi (dunyo, ayrim mamlakatlar, viloyatlarning atlaslari), mazmuni (umumiy geografik haritalar, mavzuli haritalarning soha atlaslari, mas, geologik, iqlim, qishloq xoʻjaligi atlaslari), vazifasi (ilmiy maʼlumotnomali, Oʻlkashunoslik, oʻquv, turistik, yoʻl atlaslari va hokazo) bilan farq qiladi.
Geografik atlaslar oʻlchami ham har xil: katta atlaslardan (1928-yil nashr etilgan Misr atlasi) choʻntak atlaslarigacha bor. Nashr etilgan muhim geografik atlaslar orasida Dunyoning katta sovet atlasi (1937—40), Dunyo atlasi (uch jildli, 1954), Dengiz atlasi, Dunyo xalqlari atlasi (1964), Geografik kashfiyotlar tarixi va tadqiqotlari atlasi (1959), Antarktida atlasi (1-jild, 1966), Oksford iqtisodiy atlasi (1965), Yevropada Chexoslovakiya (1935 va 1966), Italiya (1940), Belgiya (1949), Daniya (1949) va b., Afrikada — Misr (1928), Gana (1949), Marokash (1955), Osiyoda — Hindiston (1957, dastlabki nashri), Isroil (1956-64) va b., AQShda Meyer atlaslari (1911), Kanada (1957), Braziliya (1966) atlaslari va b.ning ahamiyati katta. 1963-yil Oʻzbekiston atlasi, 1980—81 yillarda Oʻrta Osiyo respublikalari ichida birinchi boʻlib, oʻzbek va rus tillarida Oʻzbekiston uquv atlasi, 1982—85 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geografiya bulimi tomonidan 2 jildli Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy maʼlumotnomali atlasi nashr qilindi. Atlasning 1-jildida Oʻzbekistonning tabiiy sharoiti va resurelari (geologiyasi, iqlimi, suv resurelari, tuprogʻi, usimlik va hayvonot dunyosi) aks ettirilgan. Birinchi marta ekologiyaga oid, bashorat qilish va baholash haritalari berildi. Atlasning 2-jildida aholi, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, oʻrta va oliy taʼlim, sogʻliqni saqlash, rekreatsiya, madaniyat va har bir iqtisodiy geografik rayon va b. haritalar oʻz aksini topgan. Toshkent sh.ning 2000 yillik yubileyiga 1983-yil Toshkent geografik atlas yaratildi. 1984-yil Oʻzbekiston Yer tuzish loyiha instituti tomonidan Oʻzbekiston Agrosanoat kompleksi albomi nashr etildi. Oʻzbekistonning paxtachilik (1985), tibbiyot-geografik (1987) atlaslari tuzildi. 1999-yil oʻzbek va rus tillarida oʻquvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining geografik atlasi nashr etildi.
Ld.:Salishev K. A., Geograficheskiye atlasi (Itogi nauki. Kartograficheskiy sb., 1-3, M., 1964-68); Mirzaliyev T., Muxitdinov Sh. M., Bazarbayev A., Atlasnoye kartografirovaniye v Oʻzbekistane, T., 1990.
Turgʻunboy Mirzaliyev.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |