Geografik tadkiqot metodlari — geografiya fanlari predmetini bilishning uslub va usullari majmuasi. Geografik tadkiqot metodlari yordamida turli xil geografik maʼlumotlarni adabiyotlardan va bevosita dala sharoitida tadqiqot jarayonida toʻplab tahlil qilinadi hamda ulardan fanning metodologiyasini yaratish, nazariy-ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish yoʻl-yoʻriqlari aniklanadi. Geografik tadkiqot metodlari ilm-fan taraqqiyotini (taʼlimot va gʻoyalarni) taʼminlaydigan, tadqiqotchining maqsad va vazifalarini maqsadli yoʻnalishda amalga oshiradigan eng muhim tadbir. Geografik tadkiqot metodlari ikki yoʻnalishda — tabiiy va yqtisodiy geografik tadqiqot metodlari bilan olib boriladi:Tabiiy geografik metodlar — tabiatda sodir boʻladigan narsa va hodisalarni, tabiat bilan jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni ilmiy bilishda qoʻllaniladigan usullar majmuidir. Asosiy metodlari: ekspeditsiya, statsionar, kuzatish, qiyoslash, haritagrafik, aerofotografik, kosmik, matematik, rayonlashtirish va h. k. Ushbu metodlar yordamida asosan geografik majmua va komponentlar hamda geografik muhit tadqik etiladi.

Iqtisodiy geografik metodlar — jamiyatda sodir boʻladigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlarni namoyon qilishda qoʻllaniladigan usullar majmuidir. Asosiy metodlari: statistik maʼlumotlar tahlili, haritagrafik, konstruktiv, modellashtirish, majmua, kuzatish va h. k.

Mazkur metodlar yordamida xoʻjalik tarmoqlarini oqilona hududiy tashkil etish va ularni joylashtirish, kishilarning qulay yashash sharoitlarini barpo etish, ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy samaradorlikni oshirish chora va tadbirlarini taklif etish kabi masala (muammo)lar yechiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil