Geokimyoviy jarayonlar - togʻ jinslari, minerallar, shuningdek ularni hosil qilgan eritma va qorishmalarning kimyoviy tarkibini oʻzgarish jarayonlari. G. j. natijasida kimyoviy elementlar migratsiyasi (baʼzilarining yoʻqolishi, boshqalarining kelib qolishi va konsentratsiyalanishi), ularning valentlik nisbatini oʻzgarishi sodir boʻladi. G. j. litosfera, gidrosfera va atmosferaning pastki qatlamlarida yaxshi oʻrganilgan. Yerning yuqori mantiya sida buladigan G. j. toʻgʻrisida maʼlumotlar juda kam. Yerning quyi mantiya va yadrosidagi G. j. toʻgʻrisida faqat gipotezalar maʼlum. G. j. geologik tarix oldi, endogen, ekzogen va metamorfogen xillariga boʻlinadi. Geologik tarix oldi G. j. Yerning hosil boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarni qamrab olgan. Endogen G. j. magmaning Yer yuqori mantiyasidan kelib chiqishi, gazeizlanishi va turli kismlarga ajralishi bilan boshlanadi. Magmaning differeniiyasi natijasida undan turli tarkib va tuzilishli minerallar hosil boʻladi. Asosli va oʻta asosli magma soviganda undan birinchi navbatda temir, magniy, kalsiy, xrom, titan, platina va platina guruxining elementlari qattiq fazaga oʻtadi. Soʻngra oʻta asosli va asosli togʻ jinslari va ular bilan birgalikda magnetit, xromit va b. rudali minerallar hosil boʻladi.

Ekzogen G. j. Yerning yuza qismida kislorod ishtirokida sodir boʻladi va togʻ jinslari va ulardagi minerallarning nurashini hammaturlari (parchalanish, gidrotatsiyalanish, karbonatlanish va b.)ni oʻz ichiga oladi. Ekzogen G. j. 10 xilga: tub gipergenez, pedogenez, singenez, diagenez, katagenez, galogenez, gidrogenez, mexanogenez, biogenez va texnogenezga boʻlinadi. Baʼzi elementlarning hosil bulishi uchun alohida G. j. boʻlishi shart. Mas, galogenez jarayoni — kaliy, natriy, magniy, xlor sulfata; biogenez — uglerod, azot, fosfor, yod, brom, oltingugurtning paydo bulishida muhim rol uynaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil