Geologik syomka - Yer pusti muayyan qismining geologik tuzilishi va undagi foydali qazilmalarni topish va istiqbolini aniqlashning dala geologik tadqiqotlari majmui. G. s. togʻ jinslarining tabiiy ochiq joylarini, togʻ inshootlari va burgʻi quduqlaridan olingan materiallarni oʻrganish, togʻ jinslari, minerallar va toshqotgan hayvon va oʻsimlik qoldiqlaridan namunalar olish, ularni turli tahlillar bilan oʻrganish va shular asosida harita tuzishni oʻz ichiga oladi. G. yeda yer yuzasining relyefi, geologik tuzilishi, togʻ jinslarining yoshi, boshlangʻich va keyingi jarayonlardagi oʻzgarishlari, magmatik jinslarning paydo boʻlishi xususiyati oʻrganiladi. G. s. dala va kameral ishlar davrlariga boʻlinadi. Dala ishlari davrida dala geologik haritasi tuziladi.

Hamma kuzatishlar dala kundalik daftarida kayd etiladi. Kameral ishlar davrida olingan namunalar lab.da turli usullar bilan tadqiq etiladi. Shu maʼlumotlar asosida dalada tuzilgan geol. haritaga aniqliklar kiritiladi va geologik hisobot tuziladi. Quyidagi masshtabda davlat G. s. bajariladi: mayda masshtabli (1:1000000, 1:500000 va undan kichik), oʻrta masshtabli (1:200000, 1:100000), yirik masshtabli (1:50000, 1:25000) va mufassal (10000).

G. s.ni eng koʻp tarqalganlari marshrutli, maydonli va instrumentaldir. Marshrutli G. yeda joyning koʻp qismi marshrutlar bilan kuzatiladi. Marshrut larni yunalishi koʻpincha togʻ jinslari va tuzilmalar yoʻnalishiga koʻndalang boʻladi. Maydonli sʼyomkada maydonning hammasi kuzatish nuqtalari bilan qoplanadi. Asboblar yordamida qilingan G.s. 1:10000 va undan yirikroq masshtabda bajariladi. Maydonli sʼyomkadan farqi shundaki, geologik obʼyektlar topografik haritaga maxsus asboblar yordamida tushiriladi. Keyingi vakdda chuqurlik G. s. keng mikyosda rivojlandi. Bunday G. s. Yer poʻsti qalin qatlamining geologik tuzilishini anikdash maqsadida bajariladi. Chuqurlik G. s. geofizik, geokimyoviy metodlar yordamida, burgʻi qudugʻini kavlash, geomorfologik taxdil, aerosuratlarni oʻrganish asosida bajariladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli masshtabda G. s. bajarilgan (qarang Geologik haritalar).

Anvar Joʻliyev.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil