Geomexanika
Geomexanika (geo... yermexanikasi) (togʻ jinslari mexanikasi) — tabiiy va texnologik omillar taʼsiridan togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalari, zoʻriqish holati, deformatsiyalanishi va yemirilishini oʻrganadigan fan. Taʼsir etuvchi omillarning asosiylari termik (Yerning sovishi va isishi) va mexanik (gravitatsiya, Yerning aylanishi natijasida hosil boʻladigan markazdan qochuvchi kuchlar, koinot jinslarining tortilishi) jarayonlar hisoblanadi. G.ning asosiy vazifasi Yer poʻsti ayrim uchastkalarining zoʻriqqan deformatsion holati (kattiq, suyuq va gaz holatidagi fazalari)ning oʻzgarishini tushuntirish va kelajakda boʻladigan oʻzgarishlarni bashorat qilishdan iborat. G. togʻ jinslari mexanik xususiyatlarining paydo boʻlish obyektiv qonuniyatlarini va Yerning maʼlum qismlarining siljishi, mustahkamlanishi va yemirilishi sabablarini oʻrganadi. G. 19- va 20-asrlar boʻsagʻasida geofizikanint bir boʻlimi sifatida geol. va mexanika fanlarining tutashgan sohasida vujudga kelgan. Muhandislik geol.si, yaxlit muhit mexanikasi, gidro va gaz-mexanika, termodinamika bilan ham aloqador. Bu fanlarning metodlari G. tadqiqotlarida keng ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |