STOKS (Stokes) Jorj Gabriyel (1819.13.8, Skrin, Irlandiya — 1903.1.2, Kembrij) — ingliz fizigi va matematigi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1851-yildan) va uning prezidenti (1885—90). Kembrij universitetini tugatgan (1841). 1849-yildan shu universitet professor Ilmiy ishlari optika, gidrodinamika va matematik fizikaga oid. Optikada Nyuton halqasi, aberratsiya, interferensiya, lyuminessensiya, fluoressensiya va yorugʻlikning qutblanishini oʻrgandi. Xususan, fotolyuminessensiya toʻlqin uzunligi uni hosil qiladigan yerugʻlik toʻlqin uzunligidan katta boʻlishini tasdiqlaydigan qoida (Stoke qoidasi) ni topgan (1852). Gidrodinamikada qovushoq suyuqliklar harakati nazariyasi (Navye—Stoke tenglamasi, Stoke qonuni) ni ishlab chiqqan. Kinematik yopishqoklik birligi nomi uning sharafiga qoʻyilgan. S.matematikada sirt boʻyicha va uni oʻrab turgan egri chiziq boʻyicha olingan integrallar orasidagi bogʻliqlik aniklagan (Stoke formulasi).[1]

George Gabriel Stokes

Manbalar

tahrir