George Paget Thomson (talaffuzi: Jorj Pajet Tomson) (1892.3.5 Kembrij — 1975.10.9) — ingliz fizigi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1930-yildan). Kembrij universitetni tugatgan (1914). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant mexanika, aerodinamika va boshqalarga oid. Elektronlar difraksiyasi hodisasini kashf etib (1926—27; amerikalik fizik L.Jermer (1896—1971) va K.J.Devissontn mustaqil ravishda), ularning toʻlqin tabiatga ega ekanligini amalda isbot qilgan. Nobel mukofoti laureati (1937; K.J.Devisson bilan hamkorlikda)[1][2].

George Paget Thomson

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil