Kaytukov Georgiy Xaritonovich (1911-yil 11-noyabr, Terek viloyati, Rossiya imperiyasi – 2002-yil 6-yanvar, Rossiya Federatsiyasi) – sovet osetin va rus shoiri. Shimoliy Osetiya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xalq shoiri.

Georgiy Kaytukov
Tavalludi 1911-yil 11-noyabr
Vafoti 2002-yil 6-yanvar
Vladikavkaz, Rossiya Federatsiyasi
Ijod qilgan tillari osetincha, ruscha
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi, SSSR bayrogʻi SSSR, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Yoʻnalish realizm
Faoliyat yillari 19272002
Janr poeziya

Biografiyasi

tahrir

Georgiy Kaytukov 1911-yil 11-noyabrda Shimoliy Osetiyaning Xod qishlogʻida tugʻilgan. 1929-yilda pedagogika texnikumini, 1932-yilda Gorsk pedagogika institutini, 1936-yilda Moskva tarix, falsafa va adabiyot instituti (MIFLI) aspiranturasini tamomlagan. Aspirant sifatida Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida va M. V. Lomonosov nomidagi Avtomatik mexanika institutida falsafadan dars bergan. 1936-yildan 1941-yilgacha Shimoliy Osetiya pedagogika va qishloq xoʻjaligi institutida falsafa o‘qituvchisi boʻlgan[1].

Shoir 1941-yildan Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan. Alohida aloqa bataloni komissari, 18-desant armiyasining siyosiy boʻlimi lektori boʻlib xizmat qilgan. 1943-yil sentyabr oyida Novorossiyskga hujum paytida yaralangan. Davolanganidan soʻng nogiron boʻlib qolgan[2][3].

Urushdan keyingi yillarda – Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Shimoliy Osetiya viloyat qoʻmitasining tashviqot va tatqiqot boʻlimi boshligʻi boʻlgan. Shimoliy Osetiya institutida falsafadan dars bergan[4].

Georgiy Xaritonovich 1955-yildan boshlab Vladikavkazda joylashgan Vatutina koʻchasidagi 23-uyda yashagan[5]. 2002-yil 6-yanvarda vafot etgan. U Vladikavkazdagi Shon-sharaf xiyoboniga dafn etilgan.

Shoir 1927-yilda oʻzining ilk sheʼriy asarlarini mahalliy davriy matbuotda eʼlon qilgan. Georgiyning „K borbe“ nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1931-yilda nashr etilgan. 1948-yilda harbiy mavzudagi she’rlardan iborat „V dni voyni“ toʻplami ommaga taqdim etilgan. Bolalar uchun bir nechta sheʼriy toʻplamlar yaratgan.

1967-yilda „Prodoljenie jizni“ toʻplami uchun K. Xetagurov mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Писатели Осетии. Владикавказ: Ир, 2015 — 215-bet. 
  2. Писатели Осетии. Владикавказ: Ир, 2015 — 215-bet. 
  3. Kaytukov Georgiy Xaritonovich (Wayback Machine saytida 2023-03-19 sanasida arxivlangan), Pamyat naroda
  4. Писатели Осетии. Владикавказ: Ир, 2015 — 215-bet. 
  5. .