Georgiy Noyevich Reviya (gruzincha: გიორგი ნოეს ძე რევია; 1999-yil 3-aprel, Odintsovo, Rossiya) — Mariya Kazakova bilan muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi gruzin figurali uchuvchisi. Ular Gruziya tarixidagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining (2019) birinchi gʻoliblari, figurali uchish boʻyicha „Challenger“ seriyasidagi Asian Open Trophy 2019 turnirining bronza medali sohiblaridir.

Georgiy Reviya
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Georgiy Noyevich
Davlat Georgia (country) Georgia
Oldin vakil boʻlgan Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 184
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 176,18
Qisqa dastur 69,98
Erkin dastur 106.95

2019-yil 12-dekabr holatiga koʻra, Kazakova va Reviya juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 21-oʻrinni egallagan[1].

Faoliyati

tahrir

Georgiy 2003-yilda toʻrt yoshida konkida uchishni oʻrgana boshlagan[2]. 2016-yilgacha u Kseniya Konkina[3] bilan juftlikda Rossiya terma jamoasida chiqish qilgan. Keyinchalik Georgit Yeva Xachaturyan bilan juftlikda Gruziya vakili sifatida musobaqalarda qatnasha boshlagan. Yeva bilan birga 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, sakkizinchi oʻrinni egallagan[4].

Xachaturiyan va Reviya juftligi yakuniga yetgan va Georgiy sheriksiz qolgan. Bu vaqtda Mariya Kazakova, oʻsha paytda ham sherigi yoʻq edi, Georgiyga sheriklik qilish taklifi bilan yozishga qaror qilgan[5]. Oʻshandan beri ikkisi xalqaro musobaqalarda Gruziya sharafini himoya qilib kelmoqda.

2017—2018-yilgi mavsum davomida juftlik toʻrtta xalqaro musobaqada ishtirok etdi: Tallinn Trophy 2017 (beshinchi oʻrin), Santa Claus Cup (bronza), Golden Spin of Zagreb (kumush), Mentor Torun Cup (oltin). 2018-yil mart oyida ular oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi qoʻshma jahon chempionatida ishtirok etib, kuchli oʻntalikka kirishdi[6].

Kazakova va Reviya oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilishdi. Juftlik Ostrava[7] va Yerevanda boʻlib oʻtgan bosqichlarda ikkita kumush medali bilan taqdirlandi[8] va shu tariqa oʻzlarining birinchi Gran-pri finali uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi[2]. Bu juftlik finalda oltinchi oʻrinni egalladi. Kazakova/Reviya juftligi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, mavsumni yakunladilar va oʻtgan yilgi yutuqlarini uch pogʻonaga yaxshilagan holda oltinchi oʻrinni egallashdi[9].

2019-yil aprel oyida Mariya va Georgiy yangi mavsumda ham oʻsmirlar, ham kattalar toifasida qatnashishlarini eʼlon qilishdi. Erkin raqs Sankt-Peterburgda xoreograf Yelena Sokolova guruhida sahnalashtirilgan edi[5].

2019-yil dekabr oyida Kazakova/Reviya juftligi 2019-yilda Turinda oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish uchun oʻsmirlar toifasiga qaytishdi. Juftlik ritm raqsi boʻyicha gʻolib chiqib, amerikalik Nguyen va Kolesnik juftligini atigi 0,04 ball bilan magʻlub etdi[10]. Ertasi kuni Mariya va Georgiy amerikalik juftlikni 0,16 ball bilan yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va shu tariqa oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida gʻolib chiqqan birinchi gruziyalik juftlikka aylanishdi[11].

Natijalari

tahrir

Gruziya vakili sifatida Mariya Kazakova bilan

tahrir
Musobaqa 17/18 18/19 19/20
Xalqaro[12]
Yevropa chempionati 14
Osiyo ochiq 3
Volvo ochiq kubogi 2
Xalqaro: oʻsmirlar
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 9 6 2
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 6 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Armaniston 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Xorvatiya 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Latviya 2
Golden Spin 2
MNNT Cup 1
NRW Trophy 1
Santa Claus Cup 3
Tallin Trophy 5
Volvo Open Cup 1

Gruziya vakili sifatida Yeva Xachaturyan bilan

tahrir
Xalqaro: oʻsmirlar[4]
Musobaqa 16/17
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 18
Santa Claus Cup 6

Rossiya vakili sifatida Kseniya Konkina bilan

tahrir
Xalqaro: oʻsmirlar[3]
Musobaqa 15/16
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, AQSH 4
Lake Placid IDI 3
Tallin Trophy 2

Manbalar

tahrir
  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (17 июня 2011). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Maria KAZAKOVA and Georgy REVIYA: 2019/2020“. ISU Results. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 „Ksenia KONKINA and Georgy REVIYA: 2015/2016“. ISU Results. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 „Eva KHACHATURIAN and Georgy REVIYA: 2016/2017“. ISU Results. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. 5,0 5,1 „Мария Казакова и Георгий Ревия: «Мы хотим продвинуть грузинское фигурное катание вперед»“. 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  6. „Maria KAZAKOVA / Georgy REVIYA: 2017/2018“. International Skating Union. 2018-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „ISU JGP Czech Skate 2018“. 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  8. „ISU JGP Armenian Cup 2018“. 2018-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  9. „Canada’s Lajoie and Lagha take ice dance title at Junior Worlds“. 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  10. Slater, Paula „Georgia's Kazakova and Reviya take lead in Junior Ice Dance in Torino“. Golden Skate (6-dekabr 2019-yil). 2019-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  11. „Kazakova and Reviya capture first Junior Grand Prix gold for Georgia“. 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2019-yil.
  12. „Competition Results: Maria KAZAKOVA / Georgy REVIYA“. International Skating Union. 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.