Georgiy Prokopyevich Sumnevich (1909-1947-yillarda yashab oʻtgan) — sovet botanik-sistematigi, biologiya fanlari nomzodi.

Biografiya

tahrir

Georgiy Sumnevich 1909-yil 27-sentabrda Tobolsk shahrida tugʻilgan. Otasi — Prokopiy Germogenovich Sumnevich oʻrmon xoʻjaligi mutaxassisi boʻlgan va oʻgʻlida oʻsimliklarni oʻrganishga muhabbat uygʻotgan. Bolaligidan uni botanika ekskursiyalariga olib chiqgan.

1928-yildan Georgiy Tomsk davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil olgan. 1932-yilda mazkur universitetni geobotanika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

G.P.Sumnevichning oʻqituvchilari orasida taniqli taksonomlar, professor P.N.Krilov, B.K.Shishkinlar bor edi.

  • 1930-yilda Georgiy Prokopyevich xondrillar (lot. Chondrilla)ni oʻrganish uchun Kaspiy pasttekisligiga sayohat qilgan.
  • 1931-yilda Fanlar akademiyasining Janubiy Sibir ekspeditsiyasida;
  • 1932-yilda Issiqkoʻl va Terksey Ala-Tooning janubiy qirgʻogʻi boʻylab;
  • 1933-yilda Zabaykalda;
  • 1934-yilda — Rossiya yaqinidagi Ulan-Udeda;
  • 1935-yilda Semipalatinsk yaqinida;
  • 1936-1937-yillarda esa — Tomsk atrofida ekskursiyalar uyishtirgan.

Universitetni tugatgach, Georgiy Prokopyevich universitet gerbariysida qolgan va u yerda assistent sifatida ishlay boshlagan. Shuningdek, yosh olim bu yerda talabalarga oliy navdagi oʻsimliklar sistematikasidan maʼruzalar oʻqiy boshlagan.

1938-yilda G.P.Sumnevich Toshkentga koʻchib oʻtgan va Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Fanlar qoʻmitasi (keyinchalik — SSSR Fanlar akademiyasi filiali, 1943-yildan — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi) katta ilmiy xodimi vazifasiga tayinlangan.

1939-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida dotsent lavozimida oʻsimliklar geografiyasi va umumiy botanikadan maʼruzalar oʻqiy boshlagan.

1938-yilda Sumnevich Oʻzbekiston SSR Fanlar qoʻmitasining Chiroqchi ekspeditsiyasida qatnashgan. 1939-yilda mahalliy mevali daraxtlar va butalarni oʻrganish uchun Gʻarbiy Tyan-Shanga sayohat uyushtirgan.

  • 1939-yilda Georgiy Prokopiyevich Sumnevich Oʻrta Osiyo universitetida biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  • 1941-yilda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dotsent;
  • 1943-yilda SSSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi Georgiy Prokopyevichga katta ilmiy xodim unvonini bergan.
  • 1942-yilda G.P.Sumnevich Toshkent viloyati Ohangaron tumanining yovvoyi atirgullarini;
  • 1943-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi jankakini;
  • 1944-yilda Angren havzasi oʻsimliklarini va Samarqand viloyati Urgut tumani va Tojikistonning Asht tumani yovvoyi atirgullarini oʻrgangan.

Sumnevich 1947-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasining Hisor ekspeditsiyasi tarkibida Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy qismi oʻsimliklarini oʻrganishga kirishgan. Botanik-olim 1947-yil 10-sentabrda dala ishlari bilan shugʻullanib turgan mahalida toʻsatdan dunyodan koʻz yumgan.

Olimning baʼzi ilmiy ishlari

tahrir
  • Сумневич Г. П. Лекарственная валериана Азиатской части СССР. — Ташкент, 1941. — 127 с.
  • Сумневич Г. П. Дикорастущие пищевые растения Узбекистана. — Ташкент, 1942. — 103 с.
  • Сумневич Г. П. Дикие плодово-ягодные растения Узбекистана, их сбор и заготовка. — Ташкент, 1942. — 60 с.
  • Сумневич Г. П. Шиповники Узбекистана, богатые витаминами. — Ташкент, 1947. — 41 с.

G. P. Sumnevich sharafiga va xotirasiga atalgan oʻsimlik turlari

tahrir
  • Astragalus sumneviczii PAVLOV, 1952-YIL[1]
  • Dryas sumneviczii SERG., 1957-YIL[2]
  • Festuca sumneviczii SERG., 1965-YIL [= Festuca hubsugulica KRIVOT., 1955-YIL][3] [= Festuca hubsugulica Krivot. 1955][4]
  • Oxytropis sumneviczii KRYLOV, 1932-YIL[5]
  • Rosa sumneviczii KOROTKOVA, 1948-YIL[6]
  • Saussurea sumneviczii SERG., 1949-YIL [= Saussurea pricei N.D.SIMPSON, 1913-YIL[7]]
  • Senecio sumneviczii SCHISCHK. & SERG., 1949-YIL [= Tephroseris turczaninovii (DC.) HOLUB, 1973-YIL[8] [= Tephroseris turczaninovii [[(DC.) Holub, 1973][9]]
  • Taraxacum sumneviczii SCHISCHK., 1949-YIL[10]
  • Valeriana sumneviczii VOROSCH., 1959-YIL[11] [= Valeriana rossica P.A.SMIRN., 1927-YIL[12]]

Manbalar

tahrir
  1. in Vestnik Akad. Nauk Kazak. SSR No. 5 (86) 88 1952. (IK)
  2. Sist. Zametki Mater. Gerb. Krylova Tomsk. Gosud. Univ. Kuybysheva 81: 4. 1957 (IK)
  3. Sist. Zametki Mater. Gerb. Krylova Tomsk. Gosud. Univ. Kuybysheva 83: 9 1965 (IK)
  4. Bot. Mater. Gerb. Bot. Inst. Komarova Akad. Nauk S.S.S.R. 17: 77 1955 (IK)
  5. Sist. Zametki Mater. Gerb. Krylova Tomsk. Gosud. Univ. Kuybysheva 7-8: 1. 1932 (IK)
  6. Not. Syst. Herb. Inst. Bot. & Zool. Acad. Sci. Uzbekistan. x. 15 1948 (IK)
  7. J. Linn. Soc., Bot. xli. 426 1913 (IK)
  8. Sist. Zametki Mater. Gerb. Krylova Tomsk. Gosud. Univ. Kuybysheva 1-2: 27. 1949 (IK)
  9. Folia Geobot. Phytotax. 8(2): 174. 1973 (IK)
  10. Sist. Zametki Mater. Gerb. Krylova Tomsk. Gosud. Univ. Kuybysheva 1-2: 8 1949 (IK)
  11. Medicin. Valer. (Publ. Princ. Bot. Gard. Acad. Sci. URSS) 124 1959 (IK)
  12. in Animadvers. Syst. Herb. Univ. Tomsk. 1-2: 12. 1935 (IK)

Adabiyotlar

tahrir
  • Коровин Е. П., Джангуразов Ф. Памяти Г. П. Сумневича // Ботанический журнал. — 1951. — Т. 36, № 5. — С. 558—561.