Georgiy lentasi aksiyasi

Hozirda tinchlikni niqob qilib olgan simvol, Salib yurishlari davriga borib taqaladi tarixi, Musilmonlarga qarshi ishlatilgan avval
Bu maqola aksiya haqida. Rossiya Imperiyasi davridagi Avliyo Georgiy ordeni lentasi uchun Georgiy lentasi maqolasiga qarang.

Georgiy lentasi aksiyasi — fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalaba munosabati bilan ramziy lenta tarqatish ommaviy aksiyasi. Bu aksiyani ilk marotaba 2005-yil „RIA Novosti“ agentligi va „Studencheskaya obshina“ yoshlar tashkiloti oʻtkazgan.[1] Ayrim sobiq sovet respublikalarida bu aksiyaga yomon nazar bilan qaraladi.

Georgiy lentasi

Aksiya har yili 24-apreldan 12-maygacha shirkatlar va davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi. 2008-yilda Georgiy lentasi oʻttizdan oshiq mamlakatda tarqatildi. Hozirgi kungacha tarqatilgan lentalar soni 100 milliondan oshdi. Ushbu aksiya faol oʻtkaziladigan mamlakatlar qatorida Gretsiya, Ukraina, Estoniya, Latviya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy, Vyetnam va Afgʻoniston borligi aytiladi.[2]

Georgiy lentasining tashqi koʻrinishi va ranglari „1941-45 yil. Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali lentasiga mos keladi. Bu aksiya orqali tarqatiladigan lentalar Georgiy lentasi deb nomlansa-da, ayrimlar ular aslida Gvardiya lentasiga mos kelishini aytadi. Gvardiya lentalaridan fashistlar Germaniyasiga qarshi olib borilgan urushda erishilgan gʻalabaning ramzi sifatida foydalanilgan. Georgiy lentasi boʻlsa Yekaterina II davrida Avliyo Georgiy ordeni bilan birga yuzaga kelgan.

Aksiya „Bobom gʻalabasi — mening gʻalabam!“, „Boylab ol, agar unutmagan boʻlsang!“, „Unutganim yoʻq! Faxrlanaman!“, „Biz — buyuk gʻalaba avlodlari!“, „Gʻalaba uchun bobomga rahmat!“ kabi shiorlar ostida oʻtkaziladi.

2015-yil Oʻzbekistonda ayrimlar mamlakatda Georgiy lentasi tarqatilishiga qarshi chiqdi. Oʻzbekistonda lentaning tarqatilishiga qarshi chiqqanlar uning „Rossiya imperializmi timsoli“ ekanini aytishdi.[3] Aksiyani taqiqlash chaqiriqlari Qirgʻiziston va Qozogʻistonda ham kuchaydi. Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan keyin Georgiy lentasi Ukraina sharqidagi ayirmachilarning ramzi sifatida koʻrila boshlandi.[4]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Aksiya tarixi“ (ruscha). Georgiy lentasi. 2015-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel, 2015. (Wayback Machine saytida 2015-04-12 sanasida arxivlangan)
  2. „Kubanda 300 mingdan oshiq Georgiy lentasi tarqatiladi“ (ruscha). RIA Novosti (13-aprel, 2010). Qaraldi: 30-aprel, 2015.
  3. „Oʻzbekistonliklar Georgiy lentasiga qarshi aksiya boshladi“. Ozodlik radiosi (19-aprel, 2015). Qaraldi: 30-aprel, 2015.
  4. „Qozogʻistonda Georgiy lentasini taqiqlash talab qilindi“. Ozodlik radiosi (10-aprel, 2015). Qaraldi: 30-aprel, 2015.

Havolalar tahrir