Gernot Trauner (1993-yil 7-dekabrda Avstriya poytaxti Venada tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, „Feyenoord“ klubi va Avstriya terma jamoasi himoyachisi.

Gernot Trauner
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-mart 1992-yil (1992-03-25) (32 yosh)
Tavallud joyi Linz, Avstria
Boʻyi 1.83 m[1]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Feyenoord
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—2006 SV Kematen am Innbach
2006—2010 AKA Linz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2011 LASK II 8 (2)
2010—2012 LASK 13 (0)
2012—2017 Ried 104 (5)
2017—2021 LASK 116 (12)
2021— Feyenoord 34 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Avstria U18 5 (1)
2010 Avstria U19 6 (1)
2012 Avstria U21 3 (0)
2018— Avstria 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

 
Trener „LASK“ jamoasi safida

Trauner „LASK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi va bitiruvchisi hisoblanadi. 2010-yilning 31-iyulida Avstriya Bundesligasida „Ried“ futbol klubiga qarshi debyut qildi[2]. 2012-yilning yozida Trauner „Ried“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 1-sentabr kuni „Shturm“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi[3]. 2015-yil 7-mart kuni „Grödig“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gernot „Ried“ jamoasi tarkibidagi birinchi golini urdi[4]. 2017-yilning yozida Trauner „LASK“ futbol klubiga qaytdi. 2018-yilning 17-fevralida „Reindorf Altach“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Gernot asosiy jamoa safida oʻzining birinchi golini urdi[5]. 2019-yilning 12-dekabrida Yevropa Ligasi doirasida Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yana raqib jamoa darvozasiga chiroyli gol kiritgan[6]. Shuningdek, 2020-yil 1-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida „Sporting“ futbol klubiga qarshi oʻyinda ham Trauner gol urishni uddasidan chiqqan[7].

2021-yilning yozida Trauner Gollandiyaning „Feyenoord“ jamoasiga oʻtdi. 15-avgust kuni „Villem II“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi[8].

Xalqaro faoliyati tahrir

2010-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Trauner Fransiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Angliya, Fransiya va Gollandiya milliy terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9][10][11]. Inglizlar bilan kechgan oʻyinda Gernot amerikaliklar darvozasiga gol urdi.

2018-yilning 16-oktabr kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Trauner Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi[12]. 2020-yil 11-noyabr kuni Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi bahsda Gernot terma jamoadagi ilk golini urdi[13].

Statistika tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
LASK Linz II   Avstriya 2010—2011 8 2
LASK Linz   Avstriya 2011—2012 15 0
SV Ried   Avstriya 2012—2017 112 5
LASK Linz   Avstriya 2017—2021 158 17
Feyenoord   Niderlandiya 2021— 55 0

Manbalar tahrir

  1. „G. Trauner – Profiel“ (niderlandcha). Voetbal International. Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.
  2. „Рид VS. ЛАСК 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (31-iyul 2010-yil). 20-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  3. „Рид VS. Штурм Грац 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (1-sentabr 2012-yil). 20-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  4. „Рид VS. Грёдиг 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (7-mart 2015-yil). 20-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  5. „ЛАСК VS. Райндорф Альтах 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (17-fevral 2018-yil). 9-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  6. „ЛАСК VS. Спортинг Лиссабон 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (12-dekabr 2019-yil). 3-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  7. „Спортинг Лиссабон VS. ЛАСК 1:4“ (inglizcha). soccerway.com (1-oktabr 2020-yil). 20-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  8. „Виллем VS. Фейеноорд 0:4“ (inglizcha). soccerway.com (15-avgust 2021-yil). 20-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  9. „Австрия (до 19) VS. Англия (до 19) 2:3“ (inglizcha). soccerway.com (18-iyul 2010-yil). 27-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  10. „Франция (до 19) VS. Австрия (до 19) 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (21-iyul 2010-yil). 27-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  11. „Нидерланды (до 19) VS. Австрия (до 19) 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (24-iyul 2010-yil). 27-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  12. „Дания VS. Австрия 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (16-oktabr 2018-yil). 20-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
  13. „Люксембург VS. Австрия 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (11-noyabr 2020-yil). 1-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2022-yil.